Kolumnistlar

Gʻarb Rossiyaga jiddiy saboq berdi. Undan foydalanish fursati keldi

© Sputnik / Mikhail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishVыveska na restorane "Makdonalds" v Moskve
Vыveska na restorane  Makdonalds v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Chet el biznesining Rossiyadan ommaviy chiqib ketishi boshqa koʻplab oqibatlar qatorida ikkita afsonani yoʻqqa chiqardi. Oʻtgan oʻn yillikda dunyo bu ikki afsonaga shunchalar qattiq ishonar ediki, ularni soʻzsiz, oʻz-oʻzidan ravshan haqiqat sifatida qabul qila boshlagan edi hatto.
Birinchidan, gap transmilliy kompaniyalarning globallashuv yetakchisi, tashkilotchisi va drayveri ekanligi haqidagi mashhur nazariya haqida ketmoqda. Bunda ularning milliy davlatlarni egallab olishi va alal-oqibat bostirishi muqarrar. Oʻtgan bir hafta ichida maʼlum boʻldiki, transmilliy biznes qanchalik ulugʻvor, boy va qudratli boʻlmasin, uning vatani bor – va shu vatan buyruq berganda (masalan, u yoki bu davlatni tark etish) yagona chora uning buyrugʻiga amal qilishdir.
Ikkinchi yoʻqqa chiqqan afsona esa tabiiy ravishda birinchisidan kelib chiqadi: yaʼni biznes, ayniqsa, yirik korporativlar, faqat iqtisodiy manfaatlarni hisobga olgan holda boshqariladi. OAVlar Rossiyani tark etayotgan kompaniyalarning oʻnlab, yuzlab, millionlab, baʼzi hollarda hatto milliardlab dollarlarni tashkil etadigan yoʻqotishlari haqidagi ekspert hisob-kitoblariga toʻla. Brendlarning oʻzlari esa qarorlarini “vaqtinchalik ish toʻxtatilishi” haqidagi soʻzlar bilan tuzatishdi. Bunday harakatdan ularning eshikni ochiq holda qoldirishi va tez orada Rossiya bozoriga qaytish istagini payqash mumkin, ammo latifada keltirilganidek, “kaktus chaynashda davom eting”.
Biroq, Rossiya uchun sodir boʻlayotganlarning barchasi nafaqat saboq beruvchi ahamiyatga ega, balki javob berish kerak boʻlgan juda katta va murakkab vazifadir. Mamlakat kelgusi hafta va oylarda yuzaga kelgan boʻshliqlarni toʻldirish, ommaviy ishsizlikning oldini olishdan tortib asosiy sanoat tarmoqlarining uzluksiz ishlashini davom ettirishgacha boʻlgan masalalar borasida shoshilinch tarzda qarorlar qabul qilishi kerak. Bu bemaʼni tuyulishi mumkin, ammo, (misol uchun, “Makdonalds” va boshqa shunga oʻxshash kompaniyalar ketishi haqiqatan ham yirik shaharlarda umumiy ovqatlanish bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqaradi) imkon qadar tezroq hal qilinishi kerak boʻlgan muammolar. IT va boshqa strategik tarmoqlar haqida umuman gapirishning hojati yoʻq.
Ammo oldinda Rossiyaning (nafaqat Rossiyaning) sodir boʻlayotgan voqealarni hisobga olgan holda, eng dolzarb vazifalariga qoʻshimcha ravishda, chet el investitsiyalariga davlat yondashuvini tubdan qayta koʻrib chiqishi turibdi.
Soʻnggi ikki hafta ichida (yaʼni bizning koʻz oʻngimizda oʻtmishga qaytarib boʻlmaydigan tarzda oʻtib ketdi) oldingi davr klassik liberalizmining oddiy mantigʻi ishladi:
1. Chet el investitsiyalari - bu juda yaxshi, chunki ular milliy iqtisodiyotga pul kiritadi. Milliy iqtisodiyotning ularsiz puli boʻlishi shunchaki mumkin emas edi. Va shu bilan iqisodiyotning rivojlanishini ragʻbatlantiradi.
2. Investorlar uchun cheklovlar - bu yomon, chunki cheklovlar sarmoya kiritish istagini kamaytiradi.
Silliq koʻrinadigan bu yondashuvning salbiy tomonlari mavjudligini koʻpchilik oldin ham tushungan. Biroq aynan xorijlik biznes iqtisodiyot butun tarmoqlarining ommaviy chiqib ketishi jamiyat hayotini yoqib yuborishga, mamlakatni beqarorlashtirishga urinayotgan hozirgi “doʻzaxiy” sanktsiyalar nafaqat Rossiyaga, balki koʻpgina mamlakatlarga xorijiy biznesning ishiga beparvolik va cheklovsiz yondashishning xavfliligini anglatdi.
Demak, kun tartibida xorijiy kompaniyalar va ularning mamlakatimizdagi faoliyatiga nisbatan yangi qoidalar ishlab chiqish turibdi.
Shubhasiz, dunyoda bu borada allaqachon maʼlum boʻlgan amaliyotlar bor.
Bu yoʻnalishda Xitoy uzoq vaqtdan beri faol ishlamoqda. Ushbu mamlakatda chet el investitsiyalari, tamoyillarga koʻra, taqiqlangan tarmoqlarning toʻliq roʻyxati mavjud. Oʻtgan yili butun dunyo boʻylab Xitoyda xususiy taʼlim xizmatlari bozorini isloh qilish bilan bogʻliq boʻlgan shov-shuv, boshqa mezonlar qatori, xorijiy investorlarning taʼlim sektoridan chetlatilgani bilan bogʻliq edi. Bundan tashqari, Xitoyda xorijiy firmalar vakolatxonalar orqali ishlay olmaydi – toʻlaqonli faoliyat uchun, hatto 100% xorijiy kapitalga ega kompaniya ham mamlakatda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.
Biroq, Rossiyaning soʻnggi tajribasini hisobga olgan holda, Pekin qoidalarni qatʼiylashtirishga harakat qiladi, degan gumon bor, chunki maʼlum boʻlganidek, hatto mamlakatda biznesni roʻyxatdan oʻtkazish va bosh kompaniyadan shunchaki buyruq olish orqali biznesning bir kechada yopilmasligi ham kafolatlanmagan.
Bunday tajriba, taʼbir joiz boʻlsa, real vaqt rejimida boshidan kechirayotgan mamlakatimiz uchun dolzarbdir.
Va, ehtimol, boshqa mamlakatlarning nostandart tajribasini diqqat bilan koʻrib chiqish ham mantiqqa toʻgʻri kelar. Bunda, ayniqsa, Birlashgan Arab Amirliklari alohida ajralib turadi.
2019-yilda xorijiy sarmoyalarni faol jalb qilish maqsadida bu davlat oʻzining iqtisodiy qonunchiligini sezilarli darajada erkinlashtirishga kirishdi: toʻliq xorijiy kapital ishtirokida muayyan sharoitlarda kompaniyalar yaratishga ruxsat berdi.
Gap shundaki, bungacha xorijiy investorlar faqat BAA davlati yoki fuqarolari ( bunda fuqaroning aktsiya miqdori 51%dan kam boʻlmasligi kerak) ishtirokida qoʻshma korxonalar yaratishi kerak edi. Bu qoida, baʼzi hollarda, hanuzgacha saqlanib qolgan, ammo 2019 yilda qabul qilingan qonun jarayonga bir qancha imtiyozlar bergan.
Oʻshanda iqtisodchilar va ishbilarmonlar xorijiy kapitalga qoʻyilgan cheklovlar olib tashlanishini bir ovozdan olqishlagan, bu esa Amirliklarga sarmoya jalb qilishga yordam berar edi.
Biroq 2022-yildan boshlab vaziyat biroz boshqacha koʻrinmoqda – xorijdan kelayotgan pullar nafaqat milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradi, balki voqealar dalolat berganidek, uning xavfsizligiga ham putur yetkazadi. Demak, ehtimol, Amirlik rasmiylari avvaldan haq boʻlgan. Va boshqa mamlakatlarga ularning tajribasini (albatta, moslashtirish orqali) oʻzlashtirish mantiqan toʻgʻri boʻladi.
Rossiya fuqarolari qoʻshma korxona aktsiyalarining 51 foiziga ega boʻlishlari shartmi? Yoki operatsiyalarning barbod boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun fuqarolarga favqulodda vaziyatda kompaniya ustidan nazoratni oʻz qoʻliga olish imkonini beradigan kichikroq ulush bilan cheklanishi mumkinmi? Bu kabi masalalarni muhokama qilish mumkin. Biroq hozirgi voqelikda Rossiya bozoriga kirmoqchi boʻlgan har qanday xorijiy kapital uchun qoʻshma korxona yaratish toʻgʻrisidagi qonuniy talab koʻproq mos keladi.
Ikki hafta oldin milliy iqtisodiy xavfsizlikni yaxshilashga qaratilgan har qanday fikr-mulohazalar koʻplab mutaxassislarning jahon iqtisodiyoti, erkin bozor va iqtisodiy liberalizm qonunlari qanday ishlashini tushunmaydigan, aksincha, goʻyoki mamlakatga tahdid solayotgan xavf-xatarlarga eʼtibor qaratadigan paranoiklar haqida masxaradek eshitilishi mumkin edi.
Xoʻsh, soʻnggi kunlarda paranoiklar haq boʻlib chiqdi: xavf-xatarlar umuman uzoq emasligi maʼlum boʻldi. Gʻarb qonun-qoidalar yoʻqligini, bozor qonunlari ishlamasligini, “inqilobiy ehtiyojlar”dan kelib chiqqan oʻzboshimchalik va musodara qilish esa – nafaqat odamlarni, balki butun mamlakatlarni talon-taroj qilishning mutlaqo samarali usuli ekanligini ishonchli isbotladi.
Bu shuni anglatadiki, Rossiya - Gʻarb bilan qarama-qarshilikda oʻz suverenitetini himoya qiladigan oʻnlab boshqa davlatlar kabi - xavfsizlik yoki xorijiy sarmoyani jalb qilish tanlovida shunchaki birinchisini tanlashga majburdir.

Mavzuga oid:

“Falokatga kelyapmiz”. Rossiyaga qarshi sanktsiyalar Yevropa va Xitoyga kerakmi?
Jang maydonida va moliyaviy jihatdan – Gʻarb Rossiyaga maksimal zarar yetkazmoqchi
Rossiya Davlat dumasi deputati Gʻarbning ehtimoliy sanktsiyalarini oʻgʻrilikka qiyosladi
Rossiyadan ketgan kompaniyalarni milliylashtirish rejalashtirilmoqda – Medvedev
Yangiliklar lentasi
0