Jamiyat

“Ibratli oila” koʻkrak nishoni taʼsis etiladi

© REUTERS / Fabrizio BenschLyudi nablyudayut zakat v Berline, Germaniya
Lyudi nablyudayut zakat v Berline, Germaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan oilalar uchun koʻkrak nishoni taʼsis etiladi.
TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda "Ibratli oila" koʻkrak nishoni taʼsis etiladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan "Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonda koʻzda tutilgan.
Bu koʻkrak nishoni farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan oilalarga beriladi.
Uni 15 may — Xalqaro oilalar kunida topshirish tartibi belgilangan.
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi bir oy muddatda "Ibratli oila" koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.
Yangiliklar lentasi
0