https://sputniknews-uz.com/20220313/kamilov-afgoniston-23292815.html
Kamilov Afgʻonistonga iqtisodiyotini tiklashga yordam berishga chaqirdi
Kamilov Afgʻonistonga iqtisodiyotini tiklashga yordam berishga chaqirdi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Antaliya shahrida boʻlib oʻtayotgan II Diplomatik forum doirasidagi “Afgʻoniston: yangi voqeliklarga qanday munosabatda boʻlish kerak?” panel sessiyasida soʻzga chiqdi.
2022-03-13T15:14+0500
2022-03-13T15:14+0500
2022-03-13T15:14+0500
siyosat
abdulaziz kamilov
afgʻoniston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/0d/23290721_0:159:1024:735_1920x0_80_0_0_f5ee9ebf9deeecd9ff25e088c2ceb588.jpg
TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov xalqaro hamjamiyatni Afgʻonistonga iqtisodiyotini tiklashga yordam berishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.Kamilov Antaliya shahrida boʻlib oʻtayotgan II Diplomatik forum doirasidagi “Afgʻoniston: yangi voqeliklarga qanday munosabatda boʻlish kerak?” panel sessiyasida soʻzga chiqdi. Vazir qoʻshni Afgʻonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik oʻrnatish, afgʻon xalqiga insonparvarlik yordami koʻrsatish, gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida u yerdagi yirik infratuzilma loyihalari amalga oshirish borasidagi mamlakat saʼy-harakatlari haqida forum ishtirokchilariga maʼlumot berdi.Forum doirasidagi “Yangi Osiyo: barqaror mintaqaviy oʻsish uchun” mavzusida davra suhbatida Abdulaziz Kamilov asosiy ustuvor yoʻnalishi Markaziy Osiyo etib belgilangan Oʻzbekiston tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlari va erishilgan natijalari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.“Muvaqqat hukumat oʻz vaʼdalarini bajarishi shart”: Kamilov “Tolibon”*ni tan olish haqidaOʻzbekiston ham Markaziy Osiyo davlatlari, ham Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasida oʻzaro aloqalarni oʻrnatishdan manfaatdor ekani haqida maʼlum qilindi.10-13 mart kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida II Diplomatik forum boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston TIV rahbari Qatar, Slovakiya va Qirgʻizistondan boʻlgan hamkasblari bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/0d/23290721_0:0:1024:768_1920x0_80_0_0_dd1dce390d341fb5736eb5c780ce2d2c.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
abdulaziz kamilov, afgʻoniston
Kamilov Afgʻonistonga iqtisodiyotini tiklashga yordam berishga chaqirdi
Tashqi ishlar vaziri Antaliya shahrida boʻlib oʻtayotgan II Diplomatik forum doirasida soʻzga chiqdi.
TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov xalqaro hamjamiyatni Afgʻonistonga iqtisodiyotini tiklashga yordam berishga chaqirdi, deb
xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.
Kamilov Antaliya shahrida boʻlib oʻtayotgan II Diplomatik forum doirasidagi “Afgʻoniston: yangi voqeliklarga qanday munosabatda boʻlish kerak?” panel sessiyasida soʻzga chiqdi. Vazir qoʻshni Afgʻonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik oʻrnatish, afgʻon xalqiga insonparvarlik yordami koʻrsatish, gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida u yerdagi yirik infratuzilma loyihalari amalga oshirish borasidagi mamlakat saʼy-harakatlari haqida forum ishtirokchilariga maʼlumot berdi.
“Xalqaro hamjamiyatning Afgʻonistonni iqtisodiy tiklash, mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb qilish boʻyicha faol choralar koʻrishi zarurligi taʼkidlandi”, - deyilgan xabarda.
Forum doirasidagi “Yangi Osiyo: barqaror mintaqaviy oʻsish uchun” mavzusida davra suhbatida Abdulaziz Kamilov asosiy ustuvor yoʻnalishi Markaziy Osiyo etib belgilangan Oʻzbekiston tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlari va erishilgan natijalari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Oʻzbekiston ham Markaziy Osiyo davlatlari, ham Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasida oʻzaro aloqalarni oʻrnatishdan manfaatdor ekani haqida maʼlum qilindi.
10-13 mart kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida II Diplomatik forum boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston TIV rahbari Qatar, Slovakiya va Qirgʻizistondan boʻlgan hamkasblari bilan muzokaralar oʻtkazdi.