Krishtianu Ronaldu – futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar

© REUTERSKrishtianu Ronaldu
Krishtianu Ronaldu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2022
Obuna bo‘lish
Ronaldu klub va terma jamoa miqyosidagi rasmiy gollari sonini 807 taga yetkazib oldi. Bu futbol tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. “Manchester Yunayted” futbol klubi xujumchisi va Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinlarda kiritilgan gollar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Ronaldu Angliya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda (3:2) xet-trik qayd etdi va faoliyatidagi gollari soni 807 taga yetkazib oldi. Bu futbol tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (RSSSF) hisob-kitoblariga ko‘ra, Ronaldu Yozef Bitsan (805 ta gol) rekordini yangilagan.
Ronaldu faoliyati davomida "Sporting" klubida 5 ta, "Manchester Yunayted"da 136 ta, "Real"da 450 ta va "Yuventus" safida 101 ta gol urgan. Shuningdek, Portugaliya terma jamoasi safida 115 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Ronaldu milliy jamoalar tarkibida urilgan gollar soni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu besh karra “Oltin to‘p” sohibi sanaladi.
Yangiliklar lentasi
0