Jamiyat

Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopildi

© SputnikPerval "Taxtakoracha", Amankutan
Perval Taxtakoracha, Amankutan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida M-39 avtomobil yoʻlida qisman oʻpirilish yuzaga kelgan.
TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻlining Taxtaqorcha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
M-39 avtomobil yoʻlining “Taxtaqorcha” dovoni qismida oʻtuvchi (1138-1141 kilometrida) kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida avtomobil yoʻlida qisman oʻpirilish yuzaga kelgan.
Mutaxassislar hodisa oqibatini bartaraf etish uchun ish olib borishmoqda.
Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Qamchiq dovonida koʻchki sodir boʻlgan edi. Dovondagi yoʻlning ostki qismi oʻpirib tushgan edi.
Yangiliklar lentasi
0