Dunyoda

Tramp Ukrainadagi vaziyat Uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin deb hisoblaydi

© REUTERS / JIM BOURGDonald Tramp, arxivnoye foto
Donald Tramp, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sobiq Amerika prezidenti: bu Uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin, men nima roʻy berayotganini koʻryapman
TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Ukraina atrofidagi inqiroz Uchinchi jahon urushini keltirib chiqarishi mumkin. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Janubiy Karolinada tarafdorlari oldiga nutq soʻzlayotib, shunday fikr bildirdi.
“Bu Uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin, men nima roʻy berayotganini koʻryapman. Chunki agar siz Putin toʻxtaydi deb oʻylasangiz: yomon va yomon boʻladi, u buni qabul qilmaydi. Bizda bu bilan gaplashadigan hech kim yoʻq”, - dedi siyosatchi.
Trampning soʻzlariga koʻra, amaldagi davlat rahbari Jo Baydenning “zaif va qoʻrqoqligiga” qaramasdan hali yuzaga kelgan vaziyatni hal qilishning diplomatik yoʻli bor.
Trampning fikricha, AQSH Rossiya yetakchisiga uning faqat ikkita tanlovi borligini tushuntirib qoʻyishi kerak – zudlik bilan tinchlik muzokaralarini boshlash yoki yashin tezligidagi oqibatlar, jumladan, Gʻarbning Rossiya energiya tashuvchilaridan umuman voz kechishi bilan qarshilash.
Sobiq prezident u ilgari Qoʻshma Shtatlarni dunyo mojarolaridan tutib turganini taʼkidladi va Amerikaning “chirib ketgan va magʻlub boʻlgan tashqi siyosat elitasidan voz kechish” vaqti kelganini qoʻshimcha qildi.
Tramp Baydenni uchinchi jahon urushining boshlanish tahdidida aybladi
Rossiya 24 fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish va uni millatchilik gʻoyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obʼyektlar va ukrain qoʻshinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.
Yangiliklar lentasi
0