Jamiyat

Ayollar uchun “Ilk parvozim” ijtimoiy loyihasi eʼlon qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDreamliner uzbekskix avialiniy zaxodit na posadku
Dreamliner uzbekskix avialiniy zaxodit na posadku - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Loyihaning asosiy maqsadi "Temir daftar"ga kiritilgan ayollar orzularini roʻyobga chiqarishdan iborat.
TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi "Temir daftar"ga kiritilgan ayollar uchun "Ilk parvozim" ijtimoiy loyihasini boshladi.
Kompaniya matbuot xizmati rahbari Kamola Ikramovaning Sputnik muxbiriga maʼlum qilishicha, bu loyiha shu vaqtgacha samolyotda uchmagan ayollarni qamrab oladi.
Loyihaning asosiy maqsadi "Temir daftar"ga kiritilgan ayollar orzularini roʻyobga chiqarishdan iborat. U ayollarga bir oz boʻlsada, hayotning kundalik muammolarini unutish va oʻz orzularini roʻyobga chiqarish uchun vaqt ajratish imkonini beradi.
Shu yilning mart oyi oxirlarida ilk parvoz amalga oshiriladi. Parvozlar Samarqand, Buxoro, Urganch kabi shaharlar, shuningdek, Oʻzbekistonning boshqa diqqatga sazovor joylari boʻylab amalga oshiriladi. Hozir 15 nafar ayol birinchi parvozga tayyorlanmoqda.
“Loyihada “Temir daftar”ga kiritilgan ayollar ishtirok etishlari mumkin. Bizga ayollar roʻyxatini Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi taqdim etib boradi. Sayohat qilish bepul. “Ilk parvozim” ijtimoiy loyihasi shu yilning oxiriga qadar davom etadi. Loyiha doirasida ana shunday 10 ga yaqin bepul sayohatlarni amalga oshirishni rejalashtiryapmiz”, - dedi aviakompaniya matbuot xizmati rahbari.
Maʼlum qilinishicha, loyihada ishtirok etmoqchi boʻlgan ayollar aviakompaniyaga yoki vazirlikka murojaat etishlari ham mumkin.
Navroʻz bayramida ichki sayohatlar uchun chegirmalar beriladi
Eslatib oʻtamiz, "Temir daftar"ga ehtiyojmand oilalarning 7 ta toifasi kiritilgan. Ular kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yakka-yolgʻiz keksalar, doimiy ishsiz fuqarolar, karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar, ogʻir epidemiologik hududlardan qaytib kelgan fuqarolar.
Yangiliklar lentasi
0