Bahorgi ta’til qachon boshlanishi aytildi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishShkola
Shkola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2022
Obuna bo‘lish
Maktablarda III chorakning so‘nggi kuni 19-martga to‘g‘ri keladi va IV chorak 28-mart kunidan boshlanadi
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, III chorakning so‘nggi kuni 19-martga to‘g‘ri keladi, ya’ni shu kuni dars mashg‘ulotlari to‘liq olib boriladi.
21 martdan boshlanadigan ta’til 7 kun davom etadi. IV chorak darslari esa 28-mart kunidan boshlanadi.
Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, maktablarda bahorgi ta’til — 21-martdan boshlab, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0