Boks. Osiyo chempionatida olti nafar o‘zbekistonlik oltin medalni qo‘lga kiritdi

© Foto: Federatsiya boksa UzbekistanaUzbekistansi zavoyevali na chempionate Azii po boksu sredi yuniorov 12 medaley
Uzbekistansi zavoyevali na chempionate Azii po boksu sredi yuniorov 12 medaley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2022
Obuna bo‘lish
Amman shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston o‘smirlari jami 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Iordaniyada boks bo‘yicha Osiyo chempionati doirasidan o‘rin olgan o‘smirlar toifasidagi bahslar yakunlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qilmoqda.
Finalda jang qilgan qilgan 11 nafar o‘zbekistonlik bokschidan 6 tasida yakunda qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa o‘smir yigitlar jamoasi musobaqani 6 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunladi.
Chempionlar:
-48 kg: Ilhomjon Ergashev
-50 kg: Samandar Olimov
-70 kg: Jafarbek Shahbozov
-75 kg: Temurbek Abduvohidov
-80 kg: Rahmonjon Qodirov
+ 80 kg: Ozodbek Aliyev
Kumush medal sohiblari:
-52 kg: Sunnatilla O‘ktamaliyev
-54 kg: Mironshoh Norqosimov
-57 kg: Farrux To‘laganov
-60 kg: Mirzakamron Yunusov
-63 kg: Hojiakbar Qudratov
Bronza medali sohibi:
-66 kg: Sardor Dilolov
Yangiliklar lentasi
0