Rossiya

Moskvada niqob taqish talabi bekor qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishSoblyudeniye masochnogo rejima v moskovskom metro
Soblyudeniye masochnogo rejima v moskovskom metro - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sergey Sobyanin Moskvada 15 martdan niqob taqish talabi bekor qilinishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Rossiya poytaxti Moskvada 15 martdan niqob taqish talabi bekor qilinadi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin maʼlum qildi.
“Seshanba, 2022 yil 15 martdan, biz himoya niqoblaridan foydalanish talablarini bekor qilamiz”, - deya yozdi Sobyanin oʻzining blogida.
Shuningdek, endi ish joylarida tana haroratini muntazam oʻlchash va ajratib turuvchi toʻsiqlarni oʻrnatish shart emas.
Uning soʻzlariga koʻra, bu qaror shaharda epidemiologik bilan bogʻliq vaziyat yaxshilangani bilan bogʻliq.
Avvalroq Moskvada QR kod tizimi toʻliq bekor qilingan edi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda fuqarolarga 1 martdan ochiq havoda niqob taqmaslikka ruxsat berilgan. Odamlar gavjum joylarda esa niqob taqish tavsiya etiladi.
Yangiliklar lentasi
0