Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Fashizm: Donetsk markaziga kassetali raketa zarbasi tafsilotlari – video

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Donetsk markaziga kassetali raketa bilan berilgan zarba 20 nafar tinch aholining oʻlimiga sabab boʻldi. Keyinchalik ushbu zarbaning yanada dahshatli tafsilotlari maʼlum boʻldi.
TOSHKENT, 15 mar - Sputnik. Kecha, 14 mart kuni soat 11:30 da Donetsk shahri markaziga Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan raketa zarbasi berildi. Zarba oqibatida 20 nafar tinch aholi qurbon boʻldi, 35 nafari jarohatlandi.
Harbiylar aytishiga koʻra, bu “Tochka-U” nomli raketa boʻlib, u kassetali jangovar qismlardan iborat boʻlgan. Kassetali qurollar dushmanning tirik jonini yoʻl qilishga qaratilgan boʻlib, birdaniga necha ming kishini yoʻq qilishi mumkin. Shu sababdan bunday qurollar xalqaro konvetsiyalar tomonidan taʼqiqlangan.

Qirgʻin quroli

“Tochka-U” sovet davrida 1980 yillar oxirida ishlab chiqilgan raketa. U statsionar yoki avtomobil shassisiga oʻrnatilishi mumkin. Raketa zarba berish masofasi 15-120 km. Bitta raketa ichiga 50tagacha kasseta oʻrnatilishi mumkin. Har bir kassetada 300ta yaqin temir parchalari joylashtiriladi. Xullas, “Tochka-U” 40-50 gektar maydonni bir necha soniyada qabristonga aylantirishi mumkin.
Hujjatlarga koʻra, Ittifoq tarqalganda Ukraina armiyasida 90ta raketa uchirish moslamasi va 800ga yaqin raketa boʻlgan. Soʻnggi yillarda Ukraina ularni modernizatsiya qilgan.
© Wikipedia / Vitaly V. KuzminRaketa "Tochka-U" s kassetnыm zaryadom
Raketa Tochka-U s kassetnыm zaryadom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2022
Raketa "Tochka-U" s kassetnыm zaryadom
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, ushbu raketa millatchi batalonlar qoʻl ostida boʻlgan Krasnoarmeysk aholi punkti hududidan uchirilgan.
Donetsk Xalq Respublikasi prezidenti Denis Pushilin aytishiga koʻra, raketa Donetsk shahri maʼmuriyati binosi oldidagi maydonni nishonga olgan boʻlgan. DXR havo mudofaa kuchlari raketani tutib olishi natijasida u biroz nishonga yetib bormagan. Raketaga joylashtirilgan kassetalar ham faqat qisman portlagan. Aks holda qurbonlar soni bir necha yuz kishi boʻlishi mumkin edi.
Raketa Donetsk markaziga biroz yetmay, Universitetskaya koʻchasiga, bank binosiga yaqin joyda portlagan. Shu sababli aksariyat qurobonlar bankka kommunal toʻlov amalga oshirish uchun kelgan pensiya yoshidagi fuqarolar boʻlgan.

Haqiqiy fashizm

Rossiya prezidenti, Mudofaa vazirligi hech qanday harbiy boʻlinmalar joylashtirilmagan, tinch aholi yashaydigan shahar markaziga berilgan ushbu zarbani – harbiy jinoyat deb atadi.
Bir necha soat oʻtib, ushbu dahshatli zarbaning “odamxoʻr fashizmga” xos boʻlgan ayrim detallari maʼlum boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, zarbadan bir necha kun oldin, kimdir “Soyuz materey Donbassa” nomli guruh ochib, farzandlari, turmush oʻrtogʻi urushga ketgan ayollarni 14 mart kuni soat 12:00 ga shahar maʼmuriyati oldida toʻplanishga chaqirgan. Guruhdagi “faollari” DXR rahbariyatidan ayni damda harbiy harakatlarda ishtirok etayotgan yaqinlari haqida maʼlumot olishni vaʼda berishgan.
Donetskka berilgan zarbadan bir necha soat, hatto bir kun oʻtib ham oʻzining “demokratik qarashlari” va obʼyektivligini har qadamda roʻkach qiladigan Gʻarb OAVlarida tinch aholiga berilgan ushbu zarba, terrorchilik harakati haqida lom mim demadi. BBC, CNN, Die Zeit, BILD, Frankfurter Allgemeine – birortasi lom-mim degani yoʻq.
Yangiliklar lentasi
0