Kuniga 4000 taga yaqin "prava" almashtirib berilmoqda

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishV Rossii nachali vidavat voditelskie udostovereniya novogo obrazsa
V Rossii nachali vidavat voditelskie udostovereniya novogo obrazsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna bo‘lish
Fuqarolar “prava” almashtirish muddatlarini tushunmaganliklari tufayli, xizmatdan foydalanuvchilar oqimi ko‘payib ketmoqda.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bu haqda AOKAda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, Davlat xizmatlari agentligi (DXA) mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
IIV YHXX axborot xizmati rahbari Azizxon Murodovning so‘zlariga ko‘ra, haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish muddati bir necha marotaba uzaytirilgan. Biroq, fuqarolar tomonidan belgilangan muddatlarda hujjatlar almashtirilmay kelinmoqda.
Qayd etilganidek, “haydovchilar o‘z guvohnomalariga diqqat bilan qarashlari kerak. Guvohnomada muddatlar yozilgan. Ko‘pchilik guvohnomani shu yilning 31-martiga qadar almashtirish kerak deb o‘ylamoqda”.
Haydovchilik guvohnomalari bosqichma-bosqich almashtiriladi:
2010 yilgacha berilganlari shu yilning 1-aprelidan haqiqiy hisoblanmaydi.
2010-2012 yillarda berilganlari shu yilning 1-iyulidan haqiqiy hisoblanmaydi.
2013-2015 yillarda berilganlari shu yilning 1-oktabridan haqiqiy hisoblanmaydi.
2015 yildan keyin berilganlari 2023-yilning 1-yanvaridan haqiqiy hisoblanmaydi.

“IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalari tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida 3 millionga yaqin haydovchilik guvohnomasi almashtirib berilgan”, - deydi Murodov.

Davlat xizmatlari markazlarida esa 2021-yilning o‘zida 280 ming fuqaro haydovchilik guvohnomalarini almashtirgan bo‘lsa, 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida bu ko‘rsatgich 150 mingtani tashkil etmoqda.
DXA Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Adham Baratovning so‘zlariga ko‘ra, guvohnomalarni almashtirish muddati yaqinlashganida fuqarolarda “almashtirishim kerak” degan tushuncha paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham markazlarda fuqarolar oqimi ko‘payib ketmoqda.
“Buning optimal yechimi sifatida ikki xil qulaylikni o‘rtaga tashladik. Birinchisi qulaylik bu – xizmatni oson qilish. Bunda fuqaro markazga kelib eski haydovchilik guvohnomasini topshiradi, pasportini ko‘rsatadi, rasmga tushadi, almashtiradi va ketadi. Ikkinchi yengillik birinchi yengillik natijasida kelib chiqdi. Ya’ni xizmat ko‘rsatish vaqtini 10-15 daqiqagacha tushirish imkoniga ega bo‘ldik”, - deydi Baratov.
Mast holda mashina haydaganlarni 5-yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilishlari mumkin
Ta’kidlanishicha, haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida DXA poytaxtda va viloyatlardagi haydovchilarga "so‘nggi mijozgacha" ish rejimini yo‘lga qo‘ygan. Hozirda markazlar orqali respublika bo‘ylab kuniga 4000 ga yaqin "prava" almashtirib berilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0