O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova vafot etdi

© Foto: O‘zbek Milliy akademik drama teatriTo‘ti Yusupova
To‘ti Yusupova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbek teatr va kino san’atining yirik namoyondasi, o‘zbekning atoqli va ardoqli ijodkori O‘zbekiston xalq artisti To‘tixon Yusupova vafot etdi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova 86 yoshda vafot etdi. Bu haqda O‘zbek milliy akademik drama teatri xabar qildi.
To‘ti Yusupova 1936-yilning 10-mart kuni Samarqand viloyatida tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. 1957-yildan o‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritgan. Shuningdek, aktrisa kinoda samarali faoliyat yuritgan.
Teatr sahnasida Hafiza (Abdulla Qahhor, "Shohi so‘zana"), Sonya (A.Chexov, "Vanya tog‘a"), Qorasoch (Uyg‘un, "Shubha"), Hojar (A.Qahhor, "Tobutdan tovush"), Nuri (Oybek, "Qutlug‘ qon"), Ona (E’ Robles, "O‘limdan kuchli"), Xonzoda (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Shafaq (M. Karim, "Oy tutilgan tunda"), Rahima (O‘. Umarbekov, "Komissiya"), Sotti (S.Ahmad, "Kelinlar qo‘zg‘oloni"), Fotima, Zebi (O‘.Umarbekov, "Shoshma quyosh", "Qiyomat qarz"), Nodira (T.To‘la, "Nodira"), Mastura (Hamza, "Paranji sirlari") kabi turli qahramonlar obrazini yaratdi.
To‘ti Yusupova 1994-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonini olgan, 2020-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0