O‘zbekistonda havo sovishi kutilmoqda - O‘zgidromet

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishProxojie vo vremya snegopada
Proxojie vo vremya snegopada - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna bo‘lish
Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. Shimoliy hududlarda sovuq 10 darajaga yetishi mumkin.
TOShKENT, 15 mar - Sputnik. O‘zbekistonga Eron hududidan 17-20 mart kunlari iliq va nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda "O‘zgidromet".
17 martda Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
18 martda, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
17-18 martda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda;
17 martda Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin;
18 martda Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.
19-20 martda kechalari havo harorati 0-3° iliqgacha pasayadi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda havoda va tuproq yuzasida 1-2° sovuqgacha bo‘lishi mumkin.
19-20 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va cho‘l hududlarida 2-6° sovuqgacha, Qoraqalpog‘istonning shimolida ba’zi joylarda 7-10° sovuqgacha bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Bahorning dastlabki kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida kuchli yomg‘irlar bo‘lib o‘tmoqda. Bir necha kun davomida to‘xtovsiz yog‘ingarchilik oqibatida bir necha hududlarda sel kelgan, tog‘li hududlarda ko‘chki hodisalari kuzatilgan.
Yangiliklar lentasi
0