Rossiya bug‘doy va shakar eksportini vaqtincha chekladi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishCosecha de trigo en Rusia
Cosecha de trigo en Rusia - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna bo‘lish
Cheklovlar global bozorlarda noaniqlik sharoitida ichki bozorni tashqi faktorlar ta’siridan himoya qilish uchun kerak.
TOShKENT, 15 mar —Sputnik. Rossiya YeOII davlatlariga bug‘doy eksportini 30-iyunga qadar chekladi. Bu haqida bosh vazir Mixail Mishustin imzolagan yangi qarorda aytib o‘tilgan.
"Rossiya YeOII davlatlariga 2022-yilning 30-iyuniga qadar bug‘doy, javdar, arpa va makkajo‘xoriga va ularning aralashmalarini (meslin) eksport qilishni chekladi. Shuningdek, Rossiya Hukumati 31-avgustga qadar, uchinchi davlatlarga shakar va shakar xom-ashyosi eksportini chekladi", - deyilgan xabarda.
Ushbu mahsulotlarni Rossiya hududidan tashqariga olib chiqish faqat gumanitar hamda xalqaro tashish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz bir necha kun oldin Rossiya hukumati ushbu cheklov choralarini kiritish to‘g‘rsida maslahatlashuv o‘tkazgan edi. Unda ma’lum bo‘lishiga ko‘ra, ushbu choralar global bozorlarda noaniqlik sharoitida ichki bozorni tashqi faktorlar ta’siridan himoya qilish uchun kerak.
Shuni alohida ta’kidlash kerak-ki, bugungi kunda Rossiya o‘zining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplamoqda. Shu bilan birga, Rosiya YeOII davlatlariga 2021-2022 mavsum boshidan buyon ularning Rossiya bug‘doyiga bo‘lgan ehtiyojidan ikki karra ortiq bug‘doy yetkazib bergan.
Yuqorida qabul qilingan choralar, ichki bozorda ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlarning narxlari keskin oshishi, defitsit paydo bo‘lishining oldini olish uchun joriy etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0