Rossiya Eronning Ukraina bo‘yicha obyektiv pozitsiyasini qadrlaydi - Lavrov

© SputnikGlava MID Rossii Sergey Lavrov
Glava MID Rossii Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna bo‘lish
Tehron Ukrainada kuch ishlatishga mutlaq qarshi pozitsiya bildirgan, lekin shu bilan birga har ikkala tomon harakatlariga baho bergani yo‘q.
TOShKENT, 15 mar - Sputnik. Rossiya Eronning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini qadrlaydi, dedi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Biz o‘zaro ishonchli suhbatimizni va sizning Ukraina voqealari bo‘yicha obyektiv pozitsiyangizni qadrlaymiz", - dedi Lavrov Eron TIV rahbari Xusayn Amir Abdullaxian bilan suhbatda.
Shu bilan birga Lavrov Eron TIV rahbari bilan Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi mojarolarni bartaraf etishda o‘zaro harakatlarni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Tehron Ukrainada kuch ishlatishga mutlaq qarshi pozitsiya bildirgan, lekin shu bilan birga har ikkala tomon harakatlariga baho bergani yo‘q.
Rossiya 24-fevral kuni Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi.Uning maqsadi - Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda. Operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh va Yevropa davlatlari uni keskin qoralab chiqdi va Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘lladi. Dunyoning aksariyat davlatlari AQsh bosimi ostida ushbu sanksiyalarga qo‘shildi. Faqatgina bir necha davtlat o‘zining mustaqil pozitsiyasini saqlab qolmoqda.
Yangiliklar lentasi
0