"Super-kontrakt" tizimda korrupsiyaning yangi turi aniqlandi

© Depositphotos.com / TatiantmarieNatsionalnaya valyuta - uzbekskiy sum
Natsionalnaya valyuta - uzbekskiy sum  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna bo‘lish
Korrupsiyani oldini olish uchun o‘ylab topilgan "Super-kontrakt" tizimining ichida ham korrupsiya topilgani deputatni hayratga soldi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. "Super-kontrakt" tizimi bo‘yicha o‘qishga kirgan 117 nafar talabaning kontrakt puli noto‘g‘ri hisoblanishi oqibatida budjetga 9,6 mlrd so‘m kam pul to‘langan. Bu haqida Oliy Majlis deputati Doniyor G‘aniyev xabar bermoqda.
“Hisob palatasi tomonidan oliy ta’lim muassalariga ko‘shimcha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida (xalq tilida "super-kontrakt") o‘qishga qabul qilingan talabalarning xujjatlari o‘rganilganda, 10 ta oliy ta’lim muassasasida 117 nafar talabani (bu faqat aniqlangani, aniqlanmagani qancha xudo biladi) Davlat test markazi ma’lumotnomasidagi ballarini soxtalashtirish orqali ularni "super-kontrakt" summalarining miqdori jami 9,6 mlrd. so‘mga kam hisoblangan”, deydi deputat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasida 2020-2021 o‘quv yilida fuqaro F.B. kirish imtihonida aslida atiga 56,6 ball olgan bo‘lsada, uning to‘plagan bali 132,7 ball etib ko‘rsatilgan. Undan 279,4 mln. o‘rniga 139,7 mln. so‘m to‘lov-kontrak puli (139,7 mln.so‘m kam) olingan.
Deputatning fikricha “oddiy qilib aytganda, oliy ta’lim muassasalariga kirishda aynan korrupsiyani oldini olish maqsadida joriy qilingan "super-kontrakt" tizimining o‘zida ham korrupsiya holatlari aniqlangan. Yani, korrupsiyaga qarshi kurashish orqali ham "soqqa" qilish yo‘lini o‘ylab topishgan. Qoyil qolmay iloji yo‘q”.
Hisobotda keltirilishicha, kelgusida bunday holatlar takrorlanishini oldini olish maqsadida, 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab super–kontrakt asosida o‘qimoqchi bo‘lganlar uchun onlayn platforma yaratilgan. Bunda arizalar avtomatik tarzda qabul qilinadi va artnomalar summasi inson omilining aralashuvisiz hisoblanadi.
Undan tashqari deputat, o‘tgan yil budjet mablag‘lari hisobidan 338 mlrd. so‘mlik noqonuniy xarajat va o‘zlashtirishlar, davlat xaridlari jarayonida esa 971,1 mlrd. so‘mlik manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan 763 ta holat aniqlanganini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0