Jamiyat

Ukrainadan 5 884 nafar oʻzbekistonlik qaytarildi

© http://mintrans.uz/ru/Uzbekistantsы, evakuirovannыe iz Ukrainы, pribыli v Tashkent
Uzbekistantsы, evakuirovannыe iz Ukrainы, pribыli v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Polshadagi elchixona 322 nafar fuqaro uchun vatanga qaytish uchun sertifikatlar rasmiylashtirib bergan.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. 2022 yil 15 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 250 nafar Oʻzbekiston fuqarosi olib kelindi.
Ulardan 43 nafari ayollar, 20 nafari voyaga yetmagan shaxslar va 8 nafari chaqaloqlar.
TIV matbuot xizmati xabariga koʻra, 28 fevraldan 11 martga qadar 26 ta aviareys tashkillashtirilgan va Ukraina hududidan 5 884 nafar Oʻzbekiston fuqarosi, jumladan 300 nafar ayol, 700 dan ziyod 14 yoshgacha boʻlgan bolalar, 40 nafar imkoniyati cheklangan shaxslar, shuningdek talabalar va mehnat migrantlari olib chiqilgan.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi (vaqtincha Lvov shahrida joylashgan) mamlakatning chekka hududlarida boʻlib turgan fuqarolarni evakuatsiya punktlariga olib kelish yuzasidan yordam koʻrsatmoqda.
Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasi hujjati yoʻq 322 nafar fuqaro uchun vatanga qaytish uchun sertifikatlar rasmiylashtirib bergan.
Yangiliklar lentasi
0