Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishi soddalashgan tartibda ko‘chirilmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishAksiya "Totalniy diktant"
Aksiya Totalniy diktant - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna bo‘lish
Qaytgan talabalar yashash hududlarida tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari mumkin.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Ukrainadan qaytgan o‘zbekistonlik talabalar o‘qishini 15-martdan soddalashgan tartibda ko‘chirish boshlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, prezident raisligida 4-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa binoan Ukrainadan qaytib o‘qishini O‘zbekistonda davom ettirish istagi bo‘lgan talabalarning hujjatlari hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinmoqda.
© Foto: Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligiHududiy ishchi guruhlar ro‘yxati
Hududiy ishchi guruhlar ro‘yxati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2022
Hududiy ishchi guruhlar ro‘yxati
“Bu jarayonda talabalar yashash hududlarida tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari va batafsil ma’lumot olishlari so‘raladi”, - deyilgan xabarda.
Shu kunga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Tashqi ishlar vazirliklariga ushbu masalada murojaat qilgan fuqarolarning, xususan talabalarning xorijiy ta’lim muassasalari va yashash hududlari kesimida ro‘yxati shakllantirilib, hududlardagi ishchi guruhlarga yuborilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina hududidan 5 884 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib chiqilgan. Ular orasida talabalar ham.
Yangiliklar lentasi
0