Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainaning Xerson viloyati toʻliq nazoratga olindi – Rossiya Mudofaa vazirligi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishSituatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy
Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan butun Xerson viloyati ustidan nazorat oʻrnatildi.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Rossiya harbiylari maxsus operatsiya davomida Ukrainaning Xerson viloyatini toʻliq nazorat ostiga olishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov maʼlum qildi.
“Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari tomonidan butun Xerson viloyati ustidan nazorat oʻrnatildi”, - dedi Konashenkov brifing davomida.
Uning qoʻshimcha qilishicha, DXR qoʻshinlari guruhi Ukraina millatchilarining mudofaasini yorib oʻtib, Panteleymonovka aholi punktini nazaratga olgan va Verxnetoretskoye — Novoselovka-2 chegaralariga chiqishgan.
Rossiya harbiylari 2 mart kuni Xersonning viloyat markazini toʻliq nazoratga olishgan edi. Shundan soʻng shahar maʼmuriyati bilan ijtimoiy obʼyektlar ishini qoʻllab-quvvatlash, aholini xavfsizligini taʼminlash boʻyicha muzokaralar boshlangan. Shaharga gumanitar yordam keltirilgan va aholiga tarqatilmoqda.
Rossiya 24 fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish va uni millatchilik gʻoyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obʼyektlar va ukrain qoʻshinlariga berilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0