Yavorovskiy poligonidagi amerikalik yollanmalarga Rossiyaning qaynoq “salomi”

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishUcheniya Rapid Trident-2021 na Ukraine
Ucheniya Rapid Trident-2021 na Ukraine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Pentagon va NATOning Ukrainadagi asosiy bazasiga yog‘dirgan zarbalari – ukrain hududida Rossiyaga qarshi yashirish va bevosita qurolli mojaroga qo‘shishilga urinayotgan G‘arb “hamkorlarga” so‘nggi ogohlantirish.
13 mart kun ertalab Pentagon va NATOning ukrain hududidagi, Lvov viloyatining Starichi qishlog‘i yaqinidagi asosiy bazasi yog‘dirilgan zarbalar natijasida deyarli yer yuzidan yo‘q qilindi. Yavorovskiy poligonida 180 nafargacha xorijlik yollanma askarlar, NATO va Ukraina harbiy instruktorlari, jangovar hududlarga jo‘nab ketishdan oldin “Xorijiy legion” tayyorlash markazi hamda G‘arb mamlakatlari tomonidan Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurol-aslaha, o‘q-dorilar omborlari yakson qilindi.
Bir kun oldin Chernigovda “Ukraina” mehmonxonasi binosidagi xorijlik jangarilar bazasi yo‘q qilindi. Voqealar zanjiri mutlaqo tasodif emas.
Moskva 24-fevraldan Vashington va Brusselni Rossiyaning Ukrainani qurolsizlashtirish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash maxsus operatsiyasiga aralashishning jiddiy oqibatlaridan bir necha marta ogohlantirgan edi. Ammo AQSh va NATO Kiyev rejimiga “mudofaa” qurolini yetkazib berishni bas qilishmadi, xorijiy yollanmalar otradlarini shakllantirishdi. Natija oyday ravshan – Ukraina hududidagi G‘arb mutaxassislari va qurol-aslahalari Rossiya qo‘shinlarining raketa-bomba zarbalari uchun birinchi darajali nishonga aylanishdi.
Amerikaliklar va ularning ittifoqdoshlari uchun Yavorovskiy poligoni va o‘quv markazi – AQShning Germaniyadagi “Ramshtayn” eng yirik harbiy bazasining ukraincha muqobili. Starichi qishlog‘i yaqinida “hamkorlar” 1990-yil o‘rtalaridan boshlab, 25-yildan ziyod vaqt ichida moslashib kelishgan. Bu yerda NATOning Iroq, Afg‘oniston va boshqa qaynoq joylardagi qo‘shinlari bilan hamkorlik uchun Ukraina bo‘linmalarini tayyorlab kelishgan. Ilk “Javelin” va “Stinger”lar shu yerga olib kelingan.
Yo‘q qilingan obyektlarda NATO roziligi bilan Ukrainaga Rossiya bilan urush uchun kelgan xususiy harbiy kompaniyalarning (XHK) xorijlik yollanmalari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilib kelingan.
Rossiya Mudofaa vazirligi birinchi navbatda HXK yollanmalarini yo‘q qilishni va’da bermoqda va G‘arbiy Ukrainadagi harbiy obyektlar yo‘nalishida jadalroq ishlamoqda. 11-mart kuni Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) Lusk i Ivano-Frankovsk shaharlarini yaqinidagi aviabazasi va boshqa obyektlari yakson qilindi.
UQKning dengizga chiqish yo‘li yopilgan: bu nimani anglatadi
Kiyev rejimi va NATO tomonidan “Xorijiy legion” loyihasi to‘xtatilgani to‘la asosli. Vazifaning uddasidan chiqib bo‘lmaydi, omon qolgan yollanma askarlar Polshadan ortga chipta olishmoqda. NATO mamlakatlari Rossiya bilan urush uchun “ko‘ngillilarni” saralashni to‘xtatib qo‘yishdi.

Achchiq dori

Ukrain tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, 13-mart kuni Yavorovskiy poligoniga 30 tagacha Rossiya raketasi uchib kelgan. Ehtimol, qo‘rqqanga qo‘sh bo‘lib ko‘rinar, zarba joyidagi surat va videolar Xalqaro tinchlikparvar va xavfsizlik markazi deb ataluvchining bir necha joyiga zarba berilgani va ulkan talofat ko‘rganii haqida xolis guvohlik beradi.
“The New York Times” nashri berilgan zarba va voqea joyidagi oqibatlar kadrlarini chop qildi. Shu bilan birga NYT muxbiri Devid Fillips Yavorovskiy poligoniga zarba berilgan paytda u yerda amerikalik yollanmalar bo‘lganini xabar qildi. AQSh armiyasining omon qolgan maxsus xizmat xodimi Nolan Peterson o‘nlab amerikaliklar o‘limini tasdiqladi. Ukraina uchun jang qilgani kelgan 200 nafar “ko‘ngillidan” faqat 30 nafari omon qolgan. Lvovda jabrlangan ko‘plab yollanmalarning ahvoli og‘ib deb baholanmoqda.
Bir necha fransiyalik “ko‘ngillilar” yaralangani va biri o‘lgani ma’lum. Fransiyalik yollanmalarni Ukrainaga jo‘natish tashkilotchisi Ugo Pellegrini “Xorijiy legionga” qabul qilish to‘xtatilganini bildirdi.
G‘arbda ukrain loyihasi hali yopilmagan, lekin “ko‘ngillilar” faolligi keskin susaydi. Ikkinchi hayotni pulga sotib ololmaysan. Rossiya Ukrainadagi Shimoliy Atlantika alyansi mamlakatlaridan bo‘lgan yollanma askarlarini yo‘q qilishga shayligi, imkoniyati borligini o‘ta qat’iy ravishda ko‘rsatib qo‘ydi.
Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov yana bir bor NATO “osmonni yopishga” chaqirdi, zero Yavorovskiy poligonida Rossiya “butun dunyoga hujum qildi”. Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Davlat departamentiga AQSh harbiy bazalarini G‘arbiy Ukrainada joylashtirishni taklif qildi – Rossiyaning keyingi zarbalaridan qutulib qolish uchun Suriya namunasi kabi.
Ammo Vashington kun ora Amerika qo‘shinlarini Ukraina frontiga jo‘natish hohishi yo‘qligini bildirib keladi. AQSh Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Jon Kirbi 13-mart kuni amerikalik instruktorlar Lvov yaqinidagi UQKning mashg‘ulot markazidan ikki hafta oldin ketishganini aytdi.
Ukrainadagi xorijlik yollanma jangchilar Yevropa va dunyoga nima va’da berishadi
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan amerikalik harbiylar Ukrainadagi operatsiyalarda qatnashmayotgani va Oq uy bu mamlakatga biror bir kishi jo‘natish niyatida emasligini ma’lum qildi. Pentagon hatto hujjatlar bilan isbotlangan Ukrainadagi 30 ta biolaboratoriyalari ishini inkor qilmoqda. AQSh Ukrainadagi mojaroning uzoq davom etishidan iqtisodiy jihatdan manfaatdor, biroq barcha harbiy jinoyatlar uchun Kiyev rejimining yolg‘iz o‘zi javob berishiga to‘g‘ri keladi.
Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel “El Pais” gazetasiga bergan intervyusida xulosa qildi: “NATOning Ukraina atrofidagi mojaroga qo‘shilishi Uchinchi jahon urushi boshlanishiga olib kelishi mumkin”.
Ukrainani qurolsizlantirish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash operatsiyasi bir maromda o‘tkazilmoqda – Rossiya qo‘shinlari UQK va milliy batalonlarini, bo‘linmalarini bir boshdan yo‘q qilib kelmoqda. Amerika razvedkasi Ukraina Bosh shtabini Donbass respublikalari va Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘rab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun UQKning “sharqiy frontini” zudlik bilan kuchaytirish zarurligi haqida ogohlantirmoqda, amma kuchaytirish uchun hech vaqo yo‘q. Undan oldin UQK Bosh shtabi “oliy komikiga” mamlakatning janubi-sharqida og‘ir jangovar texnikaning 70 foizi yo‘qotilganini yetkazgan edi.
UQK va milliy batalonlarning qarshilik ko‘rsatish o‘choqlari faqat terrorchi usul bilan saqlanib qolinmoqda – osuda ukrain aholisidan “tirik qalqon” sifatida foydalanish. Bu qabih jarayonni bevosita Ukraina prezidenti ofisi boshqarmoqda.
14 mart kuni Doneskning “Tochka-U” majmuasining kasseta kallagi bilan o‘qqa tutilishi – millatchi bo‘linmalarning yaxshi tanish usuli. Rossiya Tergov qo‘mitasi DXR tinch aholisiga ukrain raketasi qo‘llangandan so‘ng urushning taqiqlangan usullari haqida jinoiy ish ochdi.
NATO Rossiyaga qarshi urush e’lon qilyaptimi?
Maxsus harbiy operatsiyaning 18 kuni yakunlariga ko‘ra Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hududining uchdan bir qismini nazorat qilishmoqda va hujumni davom ettirishmoqda.
Ukraina harbiy infratuzilmasining 3920 ta obyekti ishdan chiqarilgan. 143 ta uchuvchisiz uchar qurilmalari, 1267 ta tank va boshqa jangovar zirhli mashinalari, 124 ta zalp bilan otiladigan reaktiv tizimi, 457 ta dala artilleriyasi va minomotlar, 1028 ta maxsus harbiy avtomobil texnikasi yo‘q qilingan. Rossiya operatsiyasi tunu kun davom etmoqda.
G‘arbning yolg‘on yangiliklari ortidan Kreml 14-mart kuni yana bir bor rasman tasdiqladiki, Rossiya rahbariyatining Ukrainani qurolsizlantirish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash rejalari “to‘liq ravishda” amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0