https://oz.sputniknews-uz.com/20220316/ayrim-davlatlarda-omikronning-yashirin-shtammi-keng-tarqalmoqda--ssv-23365049.html
Omikronning "yashirin shtammi" ayrim davlatlarda keng tarqalmoqda – SSV
Omikronning "yashirin shtammi" ayrim davlatlarda keng tarqalmoqda – SSV
Omikronning yangi "VA.2" mutatsiyasi PZR testlarida namoyon boʻlmaydi, shu sababli u allaqachon “yashirin shtamm” nomini olgan.
2022-03-16T14:23+0500
2022-03-16T14:23+0500
2022-03-16T14:23+0500
jamiyat
omikron shtammi
covid-19 umumjahon pandemiyasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/0c/18/15674215_0:424:2869:2037_1920x0_80_0_0_3817486b06db07e38b1ead197d271034.jpg
TOSHKENT, 16 mar - Sputnik. Soʻnggi kunlarda dunyoning bir necha mamlkatlarida Omikronning yangi shtammi keng tarqalmoqda, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi. Xususan, Janubiy Koreya, Vyetnam, Germaniyada va Xitoyda aniqlangan omikronning yangi toʻlqini boshlangan. Masalan, Koreya Respublikasida kuniga oʻrta hisobda 340 ming yangi holat qayd etilyapti. 14 mart kuni bu koʻrsatkich yanada oshib, 362 mingdan ziyod bemorga koronavirus tashxisi qoʻyildi.Xususan, mamlakatda oʻtgan kuni 1,5 mingga yaqin kishida ushbu variant aniqlandi. Birgina Tszilin provintsiyasida 900ga yaqin odam infektsiyani yuqtirgan. Shanxay va Shenchjen shaharlarida ham xastalikka chalinganlar soni oshmoqda.Shundan kelib chiqib Xitoy hukumati kasallik yanada keng tarqalmasligi uchun qatʼiy cheklovlarni joriy qilmoqda. Bemorlar bilan aloqada boʻlganlar majburiy karantinga olinyapti. Baʼzi hududlarda esa “lokdaun” eʼlon qilinayotir.Shuningdek, VA.2 Yevropaning qator mamlakatlarida ham faol tarqala boshladi. Oqibatda Buyuk Britaniya, Belgiya, Shveytsariya va Niderlandiyada soʻnggi kunlarda kasallanishlar soni yana oʻsa boshlagan.Qolaversa, ushbu virus mutatsiyasiga tashxis qoʻyish birmuncha murakkab. U koʻp hollarda odatdagi PZR testlarida namoyon boʻlmaydi. Shu sababli VA.2 allaqachon “yashirin shtamm” nomini olgan.AQSH, Hindiston, Frantsiya, Braziliya, Rossiya, Turkiya, Italiya, Ispaniya, Yaponiya singari mamlakatlarda pasayish tendentsiyasi kuzatilmoqda.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/0c/18/15674215_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_a99ba0ad719a0c7b5e1d15fedaffd0aa.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
omikron shtammi, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Omikronning "yashirin shtammi" ayrim davlatlarda keng tarqalmoqda – SSV
Omikronning yangi "VA.2" mutatsiyasi PZR testlarida namoyon boʻlmaydi, shu sababli u allaqachon “yashirin shtamm” nomini olgan.
TOSHKENT, 16 mar - Sputnik. Soʻnggi kunlarda dunyoning bir necha mamlkatlarida Omikronning yangi shtammi keng tarqalmoqda, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.
Xususan, Janubiy Koreya, Vyetnam, Germaniyada va Xitoyda aniqlangan omikronning yangi toʻlqini boshlangan. Masalan, Koreya Respublikasida kuniga oʻrta hisobda 340 ming yangi holat qayd etilyapti. 14 mart kuni bu koʻrsatkich yanada oshib, 362 mingdan ziyod bemorga koronavirus tashxisi qoʻyildi.
Xavotirli jihati, endi kasallikning yangi toʻlqini yer yuzi aholisining eng katta qismi yashaydigan Xitoyda ham boshlanmoqda. Bu yerda aniqlanayotgan yangi holatlar Omikronning VA.2 mutatsiyasini tashkil etyapti.
Xususan, mamlakatda oʻtgan kuni 1,5 mingga yaqin kishida ushbu variant aniqlandi. Birgina Tszilin provintsiyasida 900ga yaqin odam infektsiyani yuqtirgan. Shanxay va Shenchjen shaharlarida ham xastalikka chalinganlar soni oshmoqda.
Shundan kelib chiqib Xitoy hukumati kasallik yanada keng tarqalmasligi uchun qatʼiy cheklovlarni joriy qilmoqda. Bemorlar bilan aloqada boʻlganlar majburiy karantinga olinyapti. Baʼzi hududlarda esa “lokdaun” eʼlon qilinayotir.
Shuningdek, VA.2 Yevropaning qator mamlakatlarida ham faol tarqala boshladi. Oqibatda Buyuk Britaniya, Belgiya, Shveytsariya va Niderlandiyada soʻnggi kunlarda kasallanishlar soni yana oʻsa boshlagan.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, yangi shtamm “omikron”dan ham yuqumliroq. Eng yomoni, unga chalinganda kasallik nisbatan ogʻir asoratlar bilan kechishi mumkin. Ayniqsa, u bemorning oʻpkasini zararlashi kuzatilyapti.
Qolaversa, ushbu virus mutatsiyasiga tashxis qoʻyish birmuncha murakkab. U koʻp hollarda odatdagi PZR testlarida namoyon boʻlmaydi. Shu sababli VA.2 allaqachon “yashirin shtamm” nomini olgan.
AQSH, Hindiston, Frantsiya, Braziliya, Rossiya, Turkiya, Italiya, Ispaniya, Yaponiya singari mamlakatlarda pasayish tendentsiyasi kuzatilmoqda.