Muqobil va teng huquqli: Senat mahalla raislari saylovini o‘tkazish tartibi belgiladi

© AFPVibori v Uzbekistane
Vibori v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2022
Obuna bo‘lish
Bu yilgi saylovda 9 300 dan ziyod fuqarolar yig‘inlari raislari saylanishi kutilmoqda.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Oliy Majlis Senati Kengashi fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollar) saylovini shu yilning may oyida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ushbu qaror asosida saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasi tuzildi, tadbirlar rejasi hamda saylov bulleteni namunasi tasdiqlandi.
Kengash majlisida so‘zga chiqqan Senat raisi Tanzila Narbayeva bo‘lajak saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishdagi eng muhim vazifalarni belgiladi. Xususan:
zarur bo‘lgan barcha tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish;
saylov jarayoniga yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish;
saylovni oshkoralik, muqobillik hamda teng saylov huquqi tamoyillariga so‘zsiz rioya etishlarini ta’minlash.
Majlisda shuningdek, hududlarda saylovni tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tuzish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatilishini tashkil etish, sanitariya-gigiyena talablarini nazorat qilish hamda saylov jarayonini keng yoritish bo‘yicha alohida vazifalar belgilab olindi.
Ta’kidlash joizki, avvalgi saylovda 9093 nafar oqsoqol saylangan bo‘lsa, bu safar 9 300 dan ziyod raislar saylanishi kutilmoqda. Shuningde, o‘tgan saylovda raislikka saylanganlar ichida o‘qituvchilar ko‘p bo‘lgan, xotin-qizlar esa 11,2 %ni tashkil etgan edi.
"Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida"gi qonunning asosiy talablari:

1. Mahalla raislari (oqsoqollar) vakolati muddati 3-yil etib belgilangan.

2. Saylov natijasi qonuniy bo‘lishi uchun unda saylovchilarning kamida 12% ishtirok etishi kerak.

3. Mahalla raisi va uning yordamchilari saylovi alohida bo‘lib o‘tadi va ular bir-biriga qarindosh bo‘lishi mumkin emas.

4. Rais (oqsoqol) yashirin ovoz berish orqali saylanadi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0