Jamiyat

Pensiya yoshiga yetgan xodimni ishdan boʻshatish taʼqiqlanadi - yangi qonun

© Sputnik / Vladimir Akimov / Fotobankka oʻtishUzbekskiye stariki iz Kokanda
Uzbekskiye stariki iz Kokanda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Pensionerlar uchun sanatoriyalarga bepul yoʻllanmalar, sport majmualari, teatr va muzeylarga kirish bepul boʻladi.
TOSHKENT, 16 mart — Sputnik. Endilikda pensiya yoshiga yetgan xodimni ishdan boʻshatish taqiqlanadi. Bu boʻyicha prezident qarori qabul qilindi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda pensiya yoshiga toʻlgan xodimni ish beruvchining tashabbusi bilan boʻshatishni taqiqlash boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqadi.
Qaror bilan quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
“Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskor ijtimoiy faol nuroniylar moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlanadi.
Korxona va tashkilotlarda “Faxriylar kengashlari”, fuqarolar yigʻinlarida “Keksalar maslahati” guruhlarining faoliyati muvofiqlashtiriladi.
“Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasin” shiori ostida keksalar holidan doimiy xabar olish tizimi tashkil qilinadi hamda ijtimoiy himoya dasturlari doirasida davlat xizmatlari koʻrsatiladi.
“Nuroniylar maskani” majmualarida va mahallalarda turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.
Mahalla raislarining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchilari va mahallalardagi boshqa jamoatchilik tuzilmalari faoliyat koʻrsatadi.
1 apreldan pensionerlar uchun quyidagi imtiyozlar joriy etiladi:
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sogʻlomlashtiriladi.
Sharoiti ogʻir va kam taʼminlangan keksalarga shifokorlarning retseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi.
Ogʻir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi boʻlgan keksalarga shifokorlarning retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha boʻlgan summasi kompensatsiya qilinadi.
Keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi.
Keksalar uchun davlat teatrlari va muzeylarga kirish chipta narxlari toʻliq qoplab beriladi.
Keksalarning respublikamizdagi diqqatga sazovor joylarga sayyohlik safarlari tashkil etiladi.
Shu bilan birga, 1 oktyabrga qadar “Nuroniy” elektron platformasi va yagona elektron bazasi faoliyatini yoʻlga qoʻyiladi.
1 sentyabrga qadar keksalarga oid maʼlumot va yangiliklar ularning mobil telefon raqamlariga SMS-xabarnoma yuborish orqali maʼlum qilib boriladi.
1 maydan boshlab esa ijtimoiy yordam koʻrsatish xizmati xodimlari yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining “Sall-markazi”ga qilingan murojaatlar asosida bir qator xizmatlar koʻrsatadi.
Yangiliklar lentasi
0