Jamiyat

Qator hududlarda qor koʻchish xavfi bor - roʻyxat

© Sputnik / Ovchinnikovsnejnaya lavina.
snejnaya lavina. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
17-24 mart kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik sabab yetti viloyatda qor koʻchish xavfi bor.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Oʻzgidromet respublikaning qator hududlarda qor koʻchish xavfini eʼlon qildi.
17-24 mart kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik hamda havo haroratining sezilarli oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
Samarqand viloyati: Qoʻshrabot, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulungʻur tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” togʻlarida;
Namangan viloyati: Pop tumani va “Qamchiq” dovoni hududida;
Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona tumanlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.
Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda mazkur yoʻnalishda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini koʻrish soʻralgan.
Yangiliklar lentasi
0