Jamiyat

AKT vazirligi TikTokka vakolatxona ochishni taklif qildi

© AP Photo / Kiichiro SatoTikTok
TikTok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
TikTok Oʻzbekiston qonunga zid materiallar tarqalishini oldini olish boʻyicha AKT vazirligi bilan hamkorlik qilishga tayyor.
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov TikTok kompaniyasi vitse-prezidenti Teo Bertram bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi.
Maʼlumki, Tik Tok bugungi kunda dunyoning koʻplab mamlakatlarida yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Kompaniya vakillari Oʻzbekistonda ham shunday loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
“Kompaniya vakillari platforma orqali tarqaladigan har-xil Oʻzbekiston qonunlariga zid materiallar tarqalishining oldini olish boʻyicha hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini bildirishdi”, deyiladi xabarda.
AKT vazirligi tomonidan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, kompaniya vakillariga Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochish boʻyicha takliflar berildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspektsiyasi va Davlat personallashtirish markazi masʼul xodimlari ham ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0