Rossiya

Biz Rossiya boʻlib qolish uchun kurashmoqdamiz - Vladimir Putin

© Sputnik / Andrey Gorshkov / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin prinyal uchastiye v tseremonii podnyatiya flaga na parome "Marshal Rokossovskiy"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v tseremonii podnyatiya flaga na parome Marshal Rokossovskiy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Vladimir Putin Ukrainadagi maxsus operatsiyaning asl maqsadi, iqtisodiy sanktsiyalar hamda Rossiya hamjamiyatini ichidan nizo chiqarishga urinishlar haqida.
TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 16 mart kuni federal subʼyektlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlashga bagʻishlangan majlis oʻtkazdi. Majlis boshida prezident Ukrainada olib borilayotan maxsus harbiy operatsiya va siyosiy vaziyat haqida toʻxtalib oʻtdi.

Maxsus harbiy operatsiya

Biz harbiy operatsiya boshlashdan oldin Kiyev hukumatiga turli kanallar orqali, qon toʻkilishini oldini olish maqsadida, Jangga kirmaslikni va Donbassdan qoʻshinlarni olib chiqishni taklif qildik. Lekin ular buni istamadi. Nima deyish mumkin, bu ularning qarori. Aslida nima boʻlayotganini ular bir kun baribir tushunishga majbur boʻladi.
Operatsiya, rejaga mos ravishda, muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Ukraina, AQSH va qator Gʻarb davlatlari qoʻllab-quvvatlashi yordamida, Donbassga kuchli hujum uyushtirishga, u yerda etnik tozalashlar oʻtkazishga tayyorlanayotgan edi. Undan soʻng Qrimga hujum qilish rejalashtirilgan edi. Bizning Qurolli kuchlarimiz bu rejalarni buzib yubordi. Biz Donetskda uzoq yillar davomida olib borilgan agressiya va genotsidga koʻz yumib tura olmaymiz.
Shuni alohida aytmoqchimanki, agar bizning qoʻshinlar faqat Donbassni ozod qilib, boshqa joylarni qoldirganida, bu Donbass atrofida yangi front chizigʻi paydo boʻlishi, Kiyev rejimi tomonidan revanshizm harakatlari davom etishiga va Ukraina hududida NATO qurollari joylashtirilishiga olib kelgan boʻlardi. Bu esa kelajakda Rossiya xavfsizligiga jiddiy tahdid solish, Rossiyaga bosim oʻtkazishga asosi yaratgan boʻlar edi.
Bizda, Rossiya xavfsizligini taʼminlash uchun, ushbu harbiy operatsiyadan boshqa imkon qolmagan edi. Biz Ukrainani Rossiyaga tahdid soluvchi agressiv platformaga aylanishiga yoʻl qoʻya olmaymiz.
Gʻarb tomonidan boshqariladigan Kiyev rejimiga aniq vazifani bajarish belgilangan – yaʼni Rossiyaga qarshi davlat tuzish. Oʻz xalqining taqdiri nima boʻlishi ularga baribir. Millionlab oldamlar qochqinga aylangani, koʻchlar millatchilar va qurollangan jinoyatchilarga toʻla ekani, mamlakatda gumanitar falokat yuz berayotgani – ularga baribir.
Kollektiv Gʻarb Ukrainaga qurol-aslaha, harbiy maslahatchilar va yollanma askarlar yetkazib berishda davom etmoqda.

Iqtisodiy sanktsiyalar oqibati

Gʻarb bizga qarshi qurol sifatida iqtisodiy sanktsiyalarni tanladi. Lekin sanktsiyalar ularning oʻziga koʻproq zarra keltirmoqda. Ularning rahbarlari oʻz xalqi oldida sanktsiyalar oqibatdi yana Rossiyani aybdor qilishmoqda. Lekin ushbu muammolar bugun paydo boʻlgani yoʻq. Ular bir necha yildan beri bor va tobora murakkablashib kelmoqda. Ularning asosiy sababi – Gʻarbning qanday yoʻl bilan boʻlsa ham oʻz yetakchiligini saqlab qolishga urinishidir. Sanktsiyalar ham ana shu urinishning bir koʻrinishidir.
Sanktsiya kiritish – AQSH markaziy banki va YEI davlatlarining maʼsuliyatsiz. Uzoqni koʻra bilmaydigan ishlarining mantiqiy davomidir. Ular oʻz qoʻllari bilan soʻnggi kunlarda jahon bozorlarida dunyo inflyatsiyasini tezlashtirib yuborishdi. Oqibatda dunyoda kambagʻallar soni oshadi va oziq-ovqat yetishmovchiligi muammosi kuchayadi.
Global iqtisod va AQSH dollariga ham jiddiy putr yetkazildi. Dollar asosiy rezerv valyuta sifatida ishonchini yoʻqotmoqda.
Rossiya Bankining dunyoda “eng ishonchli aktivlar” maqomiga ega boʻlgan aktivlari muzlatib qoʻyildi. AQSH va YEI Rossiya oldidagi majburiyatlaridan mutlaq voz kechdi. Har qanday davlatning xorijiy valyutadagi moliyaviy rezervlari shunchaki oʻgʻirlanishi mumkin. Endi buni hamma biladi. Ishonchim komilki, yaqin vaqt ichida barcha davlatlar oʻz qogʻoz rezervlarini real aktivlarga aylantirishni boshlaydi. Raqamli valyutalar, xom-ashyo, yer, oltin va boshqa aktivlar.
Rossiya kompaniyalarining xorijdagi aktivlarini hibsga olish – bizning biznesmenlar uchun yaxshi dars boʻldi. Oʻz mamlakatiga investitsiya kiritishdan ishonchlisi yoʻq. Men oʻzim ham bu haqida shaxsan ogohlantirgan edim.
Biz AQSH tomonidan oʻtkazilyotgan siyosiy bosimlarga qaramasdan Rossiyada oʻz faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan kompaniyalar pozitsiyasini qadrlaymiz.
Shuningdek murakkab vaziyatda Rossiyani tark etishga qaror qilgan kompaniyalarni ham bilamiz, lekin Gʻarb davlatlaridan farqli ravishda biz mol-mulk huquqini hurmat qilamiz.

Gʻarb ertaklari chipakka chiqdi

Bir narsani aniq tushunish kerak, yangi sanktsiyalar paketi baribir kiritilar edi. Ukraina shunchaki bunga bahona boʻldi. Gʻarbning maqsadi – nima boʻlsa ham Rossiya rivojlanishini toʻxtatib turish. Shu sababli ular bizning barcha sohalarimizga zarba berishga harakat qilishmoqda: iqtisod, fan, madaniyat, ijtimoiy soha, har bir oila va har bir Rossiya fuqarosiga qarshi.
Gʻarbning siyosiy bagʻrikenglik, xususiy mulk daxlsizlik huquqi, soʻz erkinligi haqidagi ertaklari bir zumda chipakka chiqdi. Ular hatto Olimpiya printsiplarini ham toptab tashlashdi. Paralimpiyachilarni ham musobaqada ishtirok etishdan chetlatishdi. Mana sizga “Sport - siyosatdan xoli” printsipi.
Aksariyat davlatlarda rossiyaliklarga nisbatan millatchilik, tajovuzkorlik holatlari uchramoqda. Ularni ishdan boʻshatish, bolalarini maktabdan haydash holatlari yuz bermoqda.
Rossiyaga qarshi misli koʻrilmagan axborot urushi boshlandi. Gʻarb OAVlarining – obʼyektivligi afsona ekani bir zumda chilparchin boʻldi. Dunyoda eng ommaviy boʻlgan AQSH ijtimoiy tarmoqlaridan biri Rossiya fuqarolarini oʻldirishga chaqirmoqda.
Biz ushbu imperiya qanday kuch va salohiyatga ega ekanini yaxshi bilamiz, lekin haqiqat va adolat oldida u baribir kuchsiz. Rossiya bosqichma-bosqich oʻz pozitsiyasini baribir dunyoga yetkazadi. Bizning pozitsiyamiz haqgoʻy va ochiq, dunyoda tobora koʻproq odamlar uni tushunmoqda.

Gʻarbning asl maqsadi va beshinchi kolonna

Kollektiv Gʻarbning bugungi harakatlari negizida – dushmanona geosiyosiy maqsadlar yotibdi. Ular kuchli va mustaqil Rossiyani koʻrishni istamaydi. Ular biz oʻz milliy manfaatlarimizni himoya qilayotganimizni koʻra olmaydi. Biz 1990 yillarda Shimoliy Kavkazda separatizm va terrorizm Gʻarb tomonidan qanday qoʻllab quvvatlanganini yaxshi eslaymiz. Ular hozir ham Rossiyani kuchsiz qaram mamlakatga aylantirishni, territorial yaxlitligini buzishni istaydi. Lekin bu ish oʻshanda ham ularni qoʻlidan kelmagan edi, endi ham kelmaydi.
Ular “beshinchi kolonna” deb ataluvchi Rossiyada daromad topib xorijda yashaydigan millatchi-sotqinlarga tayanmoqda. Bundaylaring aksariyati jismonan Gʻarbda yashamasa ham oʻz miyasida, oʻz fikrlarida Gʻarbga “qullik” gʻoyalari asosida yashamoqda. Ular hozir xayolan Rossiya xalqi bilan emas - Gʻarb bilan. Bunday fikrlash ularning fikricha “oliy irqqa” tegishli ekanidan darak beradi. Ular oʻsha “oliy irq” ostonasidan joy olish uchun hatto onasini ham sotishga tayyor. “Beshinchi kolonna” faqat bir narsani tushunmaydi – ular “Oliy irqqa” ular faqatgina Rossiyaga zarar keltirish uchun kerak.
Kollektiv Gʻarb, jangovar yoʻqotishlar, iqtisodiy sanktsiyalarni roʻkach qilib, oʻzining beshinchi kolonnasidan foydalangan holda, jamiyatimiz orasida nizo chiqarishni, Rossiyada fuqaro qarshiligini keltirib chiqairshni va oxir oqibat Rossiyani barbod qilishni istaydi.
Lekin har qanday xalq, ayniqsa Rossiya xalqi haqiqiy vatanparvarlarni sotqinlardan ajratishni juda yaxshi biladi. Ushbu tabiiy tozalanish jarayoni jamiyatimiz hamjihatligini yanada mustahkamlaydi.

Kollektiv Gʻarb hamma narsani oʻz oʻlchovi bilan oʻlchaydi va hamma narsa sotiladi va sotib olinadi deb hisoblaydi. Ular Rossiya iqtisodiy bosim ostida taslim boʻladi deb oʻylashmoqda. Lekin ular bizning tariximizni, bizning xalqimizni yaxshi bilishmaydi.

Afsuski bugun koʻplab davlatlar, jumladan Yevropada ham, yangona hukmdor davlat oldiga boʻyin egib yashashga oʻrganib qolishgan.
Lekin Rossiya hech qachon bunday qilmaydi. Biz bugun olib borayotgan kurash, mamlakatimiz kelajagi, bolalarimiz taqdiri uchun. Biz Rossiya boʻlib qolish uchun kurashamiz. Bizning askar va zobitlarimiz, Vatan himoyachilarimizning qahramonligi – bizga oʻrnak boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0