Eski namunadagi “prava”larni almashtirish vaqtincha to‘xtatildi

© Depositphotos.com / ArturVerkhovetskiyVoditel za rulem
Voditel za rulem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2022
Obuna bo‘lish
Haydovchilik guvohnomasini almashtirishning oxirgi muddati 2023-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirilishi mumkin.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini almashtirish xizmati 19-martdan 2-aprelgacha vaqtincha ko‘rsatilmaydi. Bunga texnik-profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi sabab, deb xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi (DXA).
Ma’lum qilinishicha, respublika bo‘yicha eski namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilar soni qariyb 5,7 million nafarni tashkil etadi. Shulardan 3,1 millioni guvohnomalarini haligacha almashtirmagan.
Endi haydovchilik guvohnomasini almashtirishning oxirgi muddatini mutanosib tarzda 2023-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirish rejalashtirilmoqda.
Haydovchilik guvohnomalari almashtirilmagan fuqarolar sonidan kelib chiqib, tashrif buyuruvchilarning taxminiy soni va asosli talabini inobatga olib, guvohnomani almashtirish punktlarini kamida ikki barobarga ko‘paytiriladi. Bugungi kunda jami 74 ta punktda xizmat ko‘rsatilmoqdi (49 tasi – YHXBB bo‘linmalarida, 25 tasi DXAda).
DXAning IIV ma’lumotlariga tayanib yozishicha, 2022-yilning 1-aprelidan boshlab haqiqiy emas deb topiladigan haydovchilik guvohnomalari jarimaga tortilmaydi. 2010-yilgacha berilgan “pravalarni” shu yilning 31-dekabrigacha almashtirish zarur edi.
Kuniga 4000 taga yaqin "prava" almashtirib berilmoqda
Yangiliklar lentasi
0