Migratsiya

Konsullik xizmatlari nega buncha qimmat - deputat TIVga soʻrov yubordi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaRasul Kusherbayev, deputat
Rasul Kusherbayev, deputat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Deputat Rasul Kusherbayev Oʻzbekistonning xorijdagi vakolatxonalari xizmatlari narxi borasida TIVga soʻrov yubordi.
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Deputat Rasul Kusherboyev Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga xorijda pasport va sertifikat olish toʻlovlari qimmatligi boʻyicha "deputatlik soʻrovi" kiritdi.
Soʻrovda toʻlovlarning yuqoriligini asoslash va kelgusida pasaytirish choralarini koʻrish soʻralgan. Bu borada Markaziy Osiyoda Oʻzbekiston fuqarolari uchun eng yuqori narxlar belgilagani va bu migrantlarga qiyinchilik tugʻdirayotgani yozilgan.
Xususan xorijda konsulliklar orqali pasport olish qanchaga tushadi?
Qirgʻiziston fuqarolariga 10 AQSH dollari;
Qozogʻiston fuqarolariga 30 AQSH dollari;
Turkmaniston fuqarolariga 33 AQSH dollari;
Tojikiston fuqarolariga 100 AQSH dollari;
Oʻzbekiston fuqarolariga 170 AQSH dollari.
Deputatning yozishicha, “Har doimgidek narx qimmatligi borasida Oʻzbekiston yetakchi. Biroq bu narxlar nima asosga koʻra, qaysi kriteriylar boʻyicha belgilangan?”.
“Tashqi ishlar vazirligi asoslab berishi kerak. Bu hammasi emas. Agar Oʻzbekiston fuqarosi horijda pasport olish muddatini oʻtkazib yuborgan boʻlsa har yil uchun 50 AQSH dollaridan toʻlov qilishi, pasport yoʻqotilsa qoʻshimcha 70 AQSH dollari, pasport yaroqsiz holga kelib qolsa qoʻshimcha 50 AQSH dollari toʻlashi kerak ekan”, deydi Rasul Kusherbayev.
Pasportini yoʻqotgan va sertifikat bilan qaytmoqchi boʻlganlarga:
Qozogʻiston 7,5 AQSH dollari;
Tojikiston 10 AQSH dollari;
Qirgʻiziston 10 AQSH dollari;
Turkmaniston 34 AQSH dollari;
Oʻzbekiston 55 AQSH dollari etib belgilagan.
“Har doimgidek Markaziy Osiyoda eng qimmat narx oʻzbekistonliklarning gardanida. Bir parcha qogʻoz uchun 55 dollar talab qilishni qanday izohlash mumkin? Tashqi ishlar vazirligi bu savollarga asoslantirilgan tushuntirish berishi shart. Shu bois, "Parlament nazorati toʻgʻrisida"gi qonun doirasida bu boʻyicha deputatlik soʻrovi kiritamiz: marhamat vazirlik asoslasin yoki narxlarni tushirsin. "Parlament nazorati toʻgʻrisida"gi Qonunga koʻra, deputatlik soʻroviga vazir tomonidan 10 kun ichida javob berilishi shart”,deydi deputat.
Rossiyadagi Oʻzbekiston konsulxonasida ayrim xizmatlar narxlari:
Xorijga chiqish pasporti berish – $ 170 ;
Pasport olishga kech murojaat qilish (har yiliga) - $ 50 ;
Pasport yoʻqotganlik uchun – $ 70;
Pasportni yaroqsiz holga keltirish uchun – $ 50;
Konsullik roʻyxatiga olish uchun – $30;
Moskvada pasport olish uchun ham bir necha hujjat jamlab konsulxonaga topshirishingiz kerak. Hujjatlar boʻlmagan taqdirda, faqat sertifikat olib Oʻzbekistonga qaytish mumkin.
Paralel dunyo
Moskvadagi Yaponiya elchixonasida yangi pasport olish yoki almashtirish uchun bir dona anketa toʻldirish, 1ta rasm hamda 30 daqiqa vaqt kerak. Toʻlov 3900 - 6750 rubl.
Qoʻshni Tojikiston fuqarolari ham Moskvada 2 hafta ichida yangi pasport olishi mumkin. Toʻlov $100.
Yangiliklar lentasi
0