https://oz.sputniknews-uz.com/20220317/ombudsman-fuqarolar-huquqlari-buzilishining-jiddiy-sabablarini-sanadi-23405120.html
Ombudsman fuqarolar huquqlari buzilishining jiddiy sabablarini sanadi
Ombudsman fuqarolar huquqlari buzilishining jiddiy sabablarini sanadi
Feruza Eshmatova: ayrim mansabdorlarning qonun talablariga eʼtiborsizligi fuqarolar huquqlari buzilishining jiddiy sabablaridan biri. 17.03.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-03-17T20:58+0500
2022-03-17T20:58+0500
2022-03-17T20:58+0500
jamiyat
ombudsman
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/11/23405082_0:110:1280:830_1920x0_80_0_0_aab0858a73b263cbbfff3b73235a0e10.jpg
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Senat yigirma toʻrtinchi yalpi majlisda Ombudsmanning 2021 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti eshitildi.Ombudsman Feruza Eshmatova taʼkidlashicha, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish, tahlil qilish hamda ularni hal etishda bir qator muammolar aniqlangan.Qayd etilishicha, ayrim murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari buzilmoqda. Fuqaroning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkor etilishi holatlari ham uchrab turibdi.Oʻtgan yili ombudsman nomiga oʻzbekistonliklar, xorijlik fuqarolar va ombudsmanlar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 18 738 ta murojaat kelib tushgan.Senatorlar ombudsmanga kelib tushgan ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik huquqlar bilan bogʻliq murojaatlar oʻtgan yilga nisbatan kamaygan boʻlsa-da, fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari bilan bogʻliq murojaatlar soni oshganligini qayd etishdi.“2021 yilda ombudsman tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlarga kiritilgan jami 94 ta taʼsir choralardan faqat 58 tasi qanoatlantirilgan. Ammo qolganlarining toʻliq yechimi taʼminlanmagan. Bunda ombudsman Oliy Majlis palatalarining parlament nazorati institutidan yetarli foydalanmagan”, - deyiladi xabarda.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/11/23405082_76:0:1213:853_1920x0_80_0_0_939aa6c28c09f5ddc6667814acb4d362.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
ombudsman
Ombudsman fuqarolar huquqlari buzilishining jiddiy sabablarini sanadi
Feruza Eshmatova: ayrim mansabdorlarning qonun talablariga eʼtiborsizligi fuqarolar huquqlari buzilishining jiddiy sabablaridan biri.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Senat yigirma toʻrtinchi yalpi majlisda Ombudsmanning 2021 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti
eshitildi. Ombudsman Feruza Eshmatova taʼkidlashicha, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish, tahlil qilish hamda ularni hal etishda bir qator muammolar aniqlangan.
“Ayrim mansabdor shaxslarning qonun normalari va talablariga nisbatan eʼtiborsizlik bilan munosabatda boʻlishi, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqishga yuzaki yondashishi, inson huquqlari borasidagi huquqiy asoslarni toʻliq bilmasligi hamon fuqarolar huquqlari buzilishining jiddiy sabablaridan biri boʻlib qolmoqda”, - deydi Feruza Eshmatova.
Qayd etilishicha, ayrim murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari buzilmoqda. Fuqaroning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkor etilishi holatlari ham uchrab turibdi.
Oʻtgan yili ombudsman nomiga oʻzbekistonliklar, xorijlik fuqarolar va ombudsmanlar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 18 738 ta murojaat kelib tushgan.
Senatorlar ombudsmanga kelib tushgan ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik huquqlar bilan bogʻliq murojaatlar oʻtgan yilga nisbatan kamaygan boʻlsa-da, fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari bilan bogʻliq murojaatlar soni oshganligini qayd etishdi.
“2021 yilda ombudsman tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlarga kiritilgan jami 94 ta taʼsir choralardan faqat 58 tasi qanoatlantirilgan. Ammo qolganlarining toʻliq yechimi taʼminlanmagan. Bunda ombudsman Oliy Majlis palatalarining parlament nazorati institutidan yetarli foydalanmagan”, - deyiladi xabarda.