https://oz.sputniknews-uz.com/20220317/uzbekistan-gtl-uchun-amaliyot-uchun-talabalarni-tanlab-oldi-23402501.html
Uzbekistan GTL sakkizta oliygohdan talabalarni tanlab oldi
Uzbekistan GTL sakkizta oliygohdan talabalarni tanlab oldi
Uzbekistan GTL zavodda diplomoldi amaliyot oʻtish uchun 8ta OTMdan yuzdan ortiq talabani tanlab oldi.
2022-03-17T19:27+0500
2022-03-17T19:27+0500
2022-03-17T19:27+0500
jamiyat
talabalar
uzbekistan gtl
zavod
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0c/19/21945181_0:62:1280:783_1920x0_80_0_0_0b3006b0c40b2903f492fbc2e2e2b9c2.jpg
TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. Uzbekistan GTL Toshkent texnika universiteti, Toshkent Kimyo-texnologiya instituti va Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot institutlari bilan tegishli mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv-amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha shartnoma imzoladi. Kelishilgan oʻquv rejalari doirasida ixtisoslashtirilgan fakultet talabalari Uzbekistan GTL ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishishlari mumkin, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston 24 telekanali. Undan tashqari, yaqinda Uzbekistan GTLda bakalavriat amaliyotiga talabalarni saralash boʻyicha tanlov oʻtkazildi. Unda Oʻzbekistondagi sakkizta neft va gaz oliy oʻquv yurtlaridan 800 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi. Gʻolib boʻlgan 102 nafar talaba, jumladan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 40 nafar talabasi zavod muhandislari homiyligida zavodda diplom oldi amaliyotini oʻtash imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Maʼlumot uchun, Uzbekistan GTL "Oʻzneftegaz" AJ tomonidan hamda Sasol kompaniyasi texnologiyasi asosida tabiiy gazdan ekologik toza sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqaruvchi zavod. Zavod dunyoda eng zamonaviy texnologiyalar yordamida yiliga yiliga 3,6 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlashga qodir.Umumiy qiymati 3,42 milliard dollar boʻlgan Uzbekistan GTLni moliyalashtirishda Rossiyaning "Gazprombank", "Roseximbank", Rossiya eksport kreditlari va investitsiyalarni sugʻurtalash agentligi (EKSAR) kabi tuzilmalar ishtirok etgan. 2021 yilning dekab oyida ishga tushgan korxona yiliga 307 ming tonna samolyot yoqilgʻisi, 724 ming tonna dizel yoqilgʻisi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Undan tashqari yiliga 380 ming tonna poliyetilen va polipropilen ishlab chiqariladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0c/19/21945181_126:0:1263:853_1920x0_80_0_0_11f6c8c83dd22d3e5754871eeedc5a74.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
talabalar, uzbekistan gtl, zavod
Uzbekistan GTL sakkizta oliygohdan talabalarni tanlab oldi
Talabalar orasida eng yuqori malakaga ega boʻlganlari kelajakda zavodda ishga joylashish imkoniyatiga ega boʻladi.
TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. Uzbekistan GTL Toshkent texnika universiteti, Toshkent Kimyo-texnologiya instituti va Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot institutlari bilan tegishli mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv-amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha shartnoma imzoladi.
Kelishilgan oʻquv rejalari doirasida ixtisoslashtirilgan fakultet talabalari Uzbekistan GTL ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishishlari mumkin, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston 24
telekanali. Undan tashqari, yaqinda Uzbekistan GTLda bakalavriat amaliyotiga talabalarni saralash boʻyicha tanlov oʻtkazildi. Unda Oʻzbekistondagi sakkizta neft va gaz oliy oʻquv yurtlaridan 800 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi. Gʻolib boʻlgan 102 nafar talaba, jumladan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 40 nafar talabasi zavod muhandislari homiyligida zavodda diplom oldi amaliyotini oʻtash imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
Zavodda yosh mutaxassislarning muvaffaqiyatli amaliyot oʻtkazishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Bundan tashqari, ularning eng yuqori malakalilari kelgusida zavodda ishga joylashish imkoniyatiga ega boʻladi.
Maʼlumot uchun, Uzbekistan GTL "Oʻzneftegaz" AJ tomonidan hamda Sasol kompaniyasi texnologiyasi asosida tabiiy gazdan ekologik toza sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqaruvchi zavod. Zavod dunyoda eng zamonaviy texnologiyalar yordamida yiliga yiliga 3,6 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlashga qodir.
Umumiy qiymati 3,42 milliard dollar boʻlgan Uzbekistan GTLni moliyalashtirishda Rossiyaning "Gazprombank", "Roseximbank", Rossiya eksport kreditlari va investitsiyalarni sugʻurtalash agentligi (EKSAR) kabi tuzilmalar ishtirok etgan.
2021 yilning dekab oyida ishga tushgan korxona yiliga 307 ming tonna samolyot yoqilgʻisi, 724 ming tonna dizel yoqilgʻisi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Undan tashqari yiliga 380 ming tonna poliyetilen va polipropilen ishlab chiqariladi.