Kolumnistlar

"Vaʼda berish – uylanish degani emas": Amerika Rossiya gazining oʻrnini bosa oladimi?

© Sputnik / Vladimir PesnyaZavod po proizvodstvu sjijennogo prirodnogo gaza "Yamal SPG" v morskom portu Sabbeta
Zavod po proizvodstvu sjijennogo prirodnogo gaza Yamal SPG v morskom portu Sabbeta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
AQSH gazchilari Yevropani Rossiya gazidan butunlay voz kechishga, oʻrniga AQShdan suyultirilgan gaz bilan taʼminlashni vaʼda bermoqda. Lekin YEIda Amerika suyultirilgan gazi Rossiya tabiiy gazining oʻrnini bosa oladimi?
TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. Qoʻshma Shtatlar oʻzining yevropalik ittifoqchilarini Rossiya bilan barcha resurs va energiya aloqalarini imkon qadar toʻliq uzishga koʻndirishda davom etmoqda. Biroq, chaqiriqlar, nasihatlar va baʼzan hatto oshkora tahdidlarga qaramay, kollektiv Yevropa uglevodorodlar va birinchi navbatda, tabiiy gazni yetkazib berish borasida Moskva bilan munosabatlarini yoʻq qilishini qatʼiyan rad etmoqda. Shu sabab, Qoʻshma Shtatlar bosimni kuchaytirmoqda - va qamchi ishlamagan joyda, ayyor shirinlik ishga solinadi albatta.
Kuni kecha mamlakatdagi eng yirik STG (suyultirilgan tabiiy gaz) ishlab chiqaruvchisi boʻlmish Amerika EQT kompaniyasining bosh direktori Rossiya bilan aloqalarini buzishdan Yevropa Ittifoqining mutlaqo tashvishlanishi kerak emasligini taʼkidladi, zero, “Qoʻshma Shtatlar Rossiya gazi hajmini osongina oʻrnini bosa oladi. Buning uchun amerikaliklarda imkoniyat ham, istak ham bor”.
Bu vaʼdalar qanchalik ilhomlantiruvchi boʻlmasin, ularni amalga oshirishning shunchalik imkoni yoʻq.
Bunday yangiliklarni tarqatish sof targʻibotga oʻxshaydi va asosan bitta vazifani bajaradi - sodda miyalarga kerakli tezislarni singdiradi. Garchi bu tezislar butunlay toʻqima boʻlsada, lekin ommaning ongida juda mahkam yashaydi. Muqobil reallik ham aynan shunday shakllanadi. Buni qoʻshni Ukraina misolida yaqqol koʻrish mumkin. Masalan, bu yerda omma “Naftogaz” uch haftadan beri Rossiya gazini Yevropaga tranzit qilmayotganiga ishonib yashamoqda.
Rossiyaga qarshi chiqishlarning gʻalabali xomxayollarini yoʻq qilish uchun ehtiroslarga emas, balki faktlarga murojaat qilamiz.
Asosiy raqamlardan boshlasak, Yevropaning Rossiya gaz importiga boʻlgan ehtiyoji 40 foizdan sal koʻproq. Soʻnggi yillarda yetkazib berishning muntazam oʻsganini hisobga olib, 2021 yil oxirigacha “Gazprom” yetkazib berish hajmi taxminan 200-203 milliard kubometrni tashkil etishini bashorat qilmoqda. Oldindan taʼkidlab oʻtish kerakki, sovuq qish, energiya narxining rekord darajadagi oʻsishi, shuningdek, Yevropa davlatlarining nasoslarni koʻpaytirish boʻyicha doimiy soʻrovlari tufayli koʻrsatkichlar anchayin yuqori boʻlishi mumkin, ammo oddiylik va yaqqollik boʻlishi uchun yuqoridagi koʻrsatkichlardan foydalana qolamiz.
200 milliard kubometr Rossiya gazining mutlaq koʻp qismi magistral quvurlari orqali yetkazib beriladi. Shu sabab u suyultirilgan gazga nisbatan arzonroq. Hatto suyultirilgan gazni yetkazib berishning transport imkoniyatlari nisbatan kichik boʻlsa ham okean boʻylab gaz tashuvchilar tomonidan yetkazib berish haqida gap-soʻz boʻlishi mumkin emas. Bu faktni koʻpincha bozor kotirovkalari raqamlari va jadvallarini manipulyatsiya qilish orqali inkor etishga harakat qilishadi. Ammo yuqorida keltirilgan EQT kompaniyasining rahbari Tobi Raysning oʻzi ham soʻzlarimizni tasdiqlaydi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gazning umumiy isteʼmoli 450-480 milliard kubometr orasida oʻzgarib turadi.
Bu koʻrsatkich, eko-faollar va lobbistlarning shamol tegirmonlari va fotoelektrik panellarni qurish haqidagi takror qaytariladigan chiqishlariga zid ravishda yildan-yilga oʻsib bormoqda. Yaʼni, rus gazining qandaydir moʻʼjiza bilan shartnoma sxemalaridan bir zumda yoʻq boʻlib ketishini tasavvur qilsak, boshqa yetkazib beruvchilar nafaqat ikki yuz milliard kubometrning oʻrnini toʻldirishlari, balki yetkazib berishni muntazam oshirishlari ham kerak boʻladi.
Rossiya gaz oʻtkazgichlari, jumladan Ukraina segmentini ham qoʻshganda, oʻz mahsulotlarini Germaniyaga yetkazib beradi, undan keyin, masalan, ikkinchi asosiy benefitsiar Avstriyaga keng yoyiladi. Janubiy Yevropa mamlakatlari Turkiyadan Bolgariya, Serbiya, Vengriya va Sloveniyaga boradigan Turk oqimi orqali gaz bilan taʼminlanadi. Darvoqe, sirli tasodifga koʻra, soʻnggi yillarda aynan Vengriya va Sloveniya mamlakatlari Ukrainaning asosiy gaz yetkazib beruvchilari boʻlib qoldi, garchi ilgari buning aksi boʻlgan boʻlsada.
Boshqa taʼminot manbalari haqida gapiradigan boʻlsak, Yevropa Ittifoqi shuningdek Norvegiya va Jazoirdan ham tabiiy gaz sotib oladi. Agar Rossiyaning ulushi 41 foizga baholansa, Norvegiya va Jazoirning ulushi mos ravishda 24 va 11 foizni tashkil etadi. Hisoblash qiyin emaski, qolgan boshqa gaz yetkazib beruvchilarning ham quvur liniyasi, ham sotiladigan STG ulushiga bozorning chorak qismidan biroz koʻproq miqdori qoladi.
Qatar Yevropaga STG eksportini oshirishdan allaqachon voz kechgan. Niderlandiyabozorni butunlay tark etmoqda. Bu yil katta va vayronkor zilzilalar tufayli Groningen havzasida gaz ishlab chiqarishni butunlay toʻxtatiladi. Ozarbayjondan olib kelingan Trans-Anadolu gaz quvuri (TANAP) atigi 16 milliard kubometr quvvatga ega va printsipial jihatdan uni muqobil kanal sifatida hisoblanishi mumkin emas.
Mavjud gaz shartnomalarining sxemalari va hajmlarini yaxshiroq tushunib olganimizdan soʻng, endi Amerikaning yorqin vaʼdalariga qaytamiz.
Qoʻshma Shtatlar chindan ham miqdor borasida oʻsishga erishdi. Va oʻtgan yil oxiriga kelib yiliga mos ravishda 87,5 va 77,5 milliard kubometr gaz suyultirish bilan bu borada ikkita yirik yetakchi boʻlmish Avstraliya va Qatarga yaqinlashdi. Amerika slantseviklari belgilangan koʻrsatkichni shu suratda ushlab turishga muvaffaq boʻlishdi va yil oxiriga qadar 90 milliard kubometr gaz qazib olishdi ham deylik.
Bu koʻrsatkich, hatto Amerika ishlab chiqarish kuchlari maksimal chiranganida ham, normal hayotni taʼminlash uchun Yevropaga har yili kerak boʻladigan Rossiya gazi hajmidan ikki baravar kam boʻladi. Shunga mos ravishda, Amerika barcha STGni bir tomchi qoldirmay, Osiyoning premium bozorlarini butunlay eʼtiborsiz tashlab Yevropaga yetkazib bersa ham yetarli boʻlmaydi.
Shuni alohida yodda tutish kerakki, Qoʻshma Shtatlarining oʻzi dunyoda gazning asosiy isteʼmolchisi boʻlib qolmoqda. Qoʻshma Shtatlar har yili aqlga sigʻmas darajada koʻp miqdorda, yaʼni 860 milliard kubometr koʻk yoqilgʻi ishlatadi. Taqqoslash uchun: bu Rossiya isteʼmol qiladiganidan gazdan ikki baravar, bir yarim milliard aholisi boʻlgan Xitoy ishlatadigan gazdan uch barobar koʻp degani. Ularning kuchli STG sanoati bozorda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda Amerikaning oʻz energiya taʼminotini kafolatlay oladi deb oʻylash ahmoqlik boʻlardi.
Qoʻshimcha qilib oʻtamiz, Qoʻshma Shtatlarda STG ishlab chiqarishning keyingi oʻsishi jiddiy savol ostida turibdi. Vaziyatning kulgili tomoni shundaki, amerikalik ekologlar kun tartibida tabiatni faol ravishda targʻib qilayotgan hukmron Demokratik partiyaning qoʻllab-quvvatlashiga keskin qarshilik koʻrsatmoqda.
Zamonaviy ekologik doktrinaga koʻra, suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarish va yetkazish atrof-muhit uchun zararli hisoblanadi. Chunki havoga katta miqdorda metan tarqaladi. Bu esa atmosferani odatdagi karbonat angidriddan ellik barobar koʻproq isitib yuboradi. Ayni shu fursatlarda mazkur sabablarni inobatga olgan holda oʻn toʻrtta yangi ishlab chiqarish liniyasinining qurilish va ishga tushirish masalasi savol ostida turibdi.
Va albatta, taʼminot zanjirining boshqa uchidagi sof jismoniy muammolarni qayd etmaslik ham mumkin emas. Gap Yevropa davlatlari tomonidan koʻproq suyultirilgan gaz olish imkoniyati haqida ketmoqda. Frantsiya, Ispaniya va Yevropa Ittifoqini tark etgan Buyuk Britaniya portlari suyultirilgan tabiiy gazni regazifikatsiyalash uchun maksimal quvvatga ega. Har bir davlat taxminan 50 milliard kubometrga yaqin gazni qabul qilishi,qayta ishlashi va isteʼmolchilarga joʻnatishi mumkin.
Gazning eng yirik isteʼmolchisi va importchisi boʻlmish Germaniyaga kelsak, nemislarda birorta ham suyultirilgan tabiiy gaz terminali yoʻq.
Koʻrinib turganidek, amerikaliklarning Yevropani Rossiya gaziga boʻlgan qaramlikdan xalos qilish haqidagi vaʼdalari ehtirosli maynavozchilikdan boshqa narsa emas.
Agar yevropaliklarga Rossiyaning gaz yetkazib beruvchilari boshqa kerakmas degan navbatdagi yangiliklarni koʻrganingizda shuni yodingizda tutingki, Ukrainadagi maxsus operatsiya boshlangandan buyon Gʻarb gaz uchun Moskvaga 13 milliard dollardan koʻproq pul toʻlagan.
Yangiliklar lentasi
0