Jamiyat

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilindi: nimalar oʻzgarmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZasedaniye Senata Oliy Majlisa 28 fevralya 2020 goda
Zasedaniye Senata Oliy Majlisa 28 fevralya 2020 goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Senatorlar 1995 yilda qabul qilingan amaldagi Mehnat kodeksi tahriri zamonaviy voqelikka mos kelmasligini qayd etishdi.
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Senatning 24-yalpi majlisida Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi maʼqullandi.
Taʼkidlanishicha, 1995 yilda qabul qilingan amaldagi Mehnat kodeksi tahriri zamonaviy voqelikka mos kelmasligi va xususiy tadbirkorlik rivojlanishi jarayonida ish beruvchining masʼuliyatini, fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb qilishning yangi, turli xil shakllarining faol rivojlanishini hisobga olmaydi.
Shuningdek, ish beruvchilarga, xususan, qoʻshimcha ishchilarni mehnatga jalb qilishning sodda shakllarini tanlashga imkon beradigan yetarli shart-sharoitlar yaratmaydi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ishlab chiqishda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar jumladan, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Latviya, Estoniya Yaponiya, Janubiy Koreya hamda MDH davlatlari tajribasi chuqur oʻrganilgan.
Kodeks mehnat huquqining ayrim institutlariga bagʻishlangan va bandlik, individual mehnat munosabatlari, xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solish xususiyatlari, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat nizolarini koʻrib chiqish kabi yangi normalarni oʻz ichiga olgan.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilinishi bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda xodimlar va ish beruvchilar manfaatlari muvozanatini taʼminlaydi. Shuningdek, Mehnat kodeksi qoidalarini xalqaro huquq normalari, shu jumladan, Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarga moslashtirishga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0