https://oz.sputniknews-uz.com/20220318/davlat-xizmatlari-va-intellektual-mulk-agentliklari-adliya-vazirligiga-qoshildi-23408465.html
Davlat xizmatlari va Intellektual mulk agentliklari Adliya vazirligiga qoʻshildi
Davlat xizmatlari va Intellektual mulk agentliklari Adliya vazirligiga qoʻshildi
Tarkibiy oʻzgarishlar natijasida boshqaruv xodimlari soni 356 tadan 320 taga qisqartiriladi, takrorlanuvchi funktsiyalar 46% qisqaradi.
2022-03-18T10:03+0500
2022-03-18T10:03+0500
2022-03-18T10:04+0500
jamiyat
adliya vazirligi
davlat xizmatlari agentligi (dxa)
prezident qarori
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/12/23408404_0:76:2001:1201_1920x0_80_0_0_e0a0c541748add9a36ab25005379f05f.jpg
TOSHKENT, 18 mar - Sputnik. Davlat xizmatlari va Intellektual mulk agentliklari Adliya vazirligiga qoʻshildi. Bu haqida Oʻzbekiston prezidentining 17 mart kuni imzolangan yangi qarorida aytib oʻtilgan. Qaror matniga koʻra, ushbu tarkibiy oʻzgarishlar quyidagi maqsadlarda amalga oshirilmoqda: Shuningdek, qarorda quyidagilar ham belgilangan:2022 yil 1 maydan boshlab mahalliy ijro hokimiyati organlari qarorlarini qabul qilishda hududiy adliya organlari ijobiy xulosasi olinishi belgilangan hollarda, bunday xulosa olinmasdan tegishli qarorlarni qabul qilish (chiqarish)ga yoʻl qoʻyilmaydi;2023 yil 1 apreldan boshlab mualliflik huquqi obʼyektlarining elektron nazorat nusxasi majburiy tartibda Yagona bazada saqlanadi. Intellektual mulk markazi Yagona bazani yuritish, texnik taʼminlash, elektron nazorat nusxalarini bazaga kiritish uchun maʼsul operator hisoblanadi. Adliya vazirligi maʼlumotiga koʻra, ushbu tarkibiy oʻzgarishlar natijasida boshqaruv xodimlari soni 110 taga, yaʼni 2,2 foizga qisqaradi. Markaziy apparat 10 foizga yaʼni 356 tadan 320 taga qisqartirildi.Shuningdek, vazirlik tizimidagi bir-birini takrorlovchi vazifalar 35 tadan 23 taga (34 %) va funktsiyalar esa 388 tadan 215 taga (46 %) qisqaradi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/12/23408404_174:0:1775:1201_1920x0_80_0_0_2c23d5cb779f13e78f8f6ab6e567d97a.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
adliya vazirligi, davlat xizmatlari agentligi (dxa), prezident qarori
Davlat xizmatlari va Intellektual mulk agentliklari Adliya vazirligiga qoʻshildi
10:03 18.03.2022 (yangilandi: 10:04 18.03.2022) Tarkibiy oʻzgarishlar natijasida boshqaruv xodimlari soni 356 tadan 320 taga qisqartiriladi, takrorlanuvchi funktsiyalar 46% qisqaradi.
TOSHKENT, 18 mar - Sputnik. Davlat xizmatlari va Intellektual mulk agentliklari Adliya vazirligiga qoʻshildi. Bu haqida Oʻzbekiston prezidentining 17 mart kuni imzolangan yangi
qarorida aytib oʻtilgan.
Qaror matniga koʻra, ushbu tarkibiy oʻzgarishlar quyidagi maqsadlarda amalga oshirilmoqda:
adolat va huquq ustuvorligini mustahkamlash;
aholiga professional xizmat qiladigan ixcham va samarali boshqaruvni yaratish;
deklarativ xususiyatga ega vazifalarni bekor qilish;
funktsiyalarni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini aniq belgilash va takrorlanishlarning oldini olish;
byudjet mablagʻlarini tejash;
huquqiy muammolarni hal etishda adliya organlarining roli va masʼuliyatini yanada kuchaytirish.
Shuningdek, qarorda quyidagilar ham belgilangan:
2022 yil 1 maydan boshlab mahalliy ijro hokimiyati organlari qarorlarini qabul qilishda hududiy adliya organlari ijobiy xulosasi olinishi belgilangan hollarda, bunday xulosa olinmasdan tegishli qarorlarni qabul qilish (chiqarish)ga yoʻl qoʻyilmaydi;
2023 yil 1 apreldan boshlab mualliflik huquqi obʼyektlarining elektron nazorat nusxasi majburiy tartibda Yagona bazada saqlanadi. Intellektual mulk markazi Yagona bazani yuritish, texnik taʼminlash, elektron nazorat nusxalarini bazaga kiritish uchun maʼsul operator hisoblanadi.
Adliya vazirligi maʼlumotiga koʻra, ushbu tarkibiy oʻzgarishlar natijasida boshqaruv xodimlari soni 110 taga, yaʼni 2,2 foizga qisqaradi. Markaziy apparat 10 foizga yaʼni 356 tadan 320 taga qisqartirildi.
Shuningdek, vazirlik tizimidagi bir-birini takrorlovchi vazifalar 35 tadan 23 taga (34 %) va funktsiyalar esa 388 tadan 215 taga (46 %) qisqaradi.