Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Kompyuter bilan ishlashda koʻrish qobiliyatini qanday saqlab qolish mumkin

© Pexels / ThisisengineeringTexnologiya
Texnologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kompyuter monitorlari koʻrish qobiliyatiga jiddiy zarar qiladi. Agar koʻp vaqt kompyuter qarshisida oʻtirsangiz, koʻrish qobiliyati yomonlashishi mumkin.
Bu holatda koʻrish qobiliyatini qanday himoya qilish mumkin? Tibbiyot fanlari nomzodi, oftalmolog shifokor Natalya Voroshilova RIA Novosti bilan suhbatda tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi.

Qulay ish joyi

Birinchi navbatda ish oʻrnini toʻgʻri joylashtirib olish, toʻgʻri texnika va chiroq tanlash zarur. Yaltiroq monitorlar koʻrish qobiliyati uchun oʻta zararli.
“Yaltiroq ekranlar koʻz va asab tizimiga koʻp yuklama tashladi. Bunday ekranlar atrofda mavjud narsalarni aks ettiradi. Kompyuter monitori sifatli va displey yorugʻlik koʻrsatkichi baland boʻlishi kerak. Piksellar qancha koʻp boʻlsa, shuncha yaxshi”, - deya taʼkidlaydi shifokor
Shuning uchun yaltiroq monitorlar uchun maxsus qoplamalar mavjud. Qoplama koʻzga tashlanadigan yuklamani yengillashtirishga yordam beradi.
Shuningdek, xona yorugʻligini ham toʻgʻri tanlash lozim. Shifokorning soʻzlariga koʻra, lyumenestsent lampalardan voz kechgan maʼqul. Chunki oq rang gammasi koʻzni tez charchatadi. Sariq rangda yorugʻlik tarqatuvchi lampalar esa koʻzni tinchlashtiradi va koʻrish qobiliyatini yomonlashtirmaydi.

Toʻgʻri oʻtirish

Ikkinchi muhim qoida- toʻgʻri oʻtirish. Monitorning noqulay joylashtirilgani, tana, bosh, boʻyinning notoʻgʻri joylashuvi koʻzni ikki barobar charchatadi.
“Kompyuter bilan ishlashda agar katta monitor boʻlsa- 70-75 sm, noutbuk ekrani boʻlsa 35-40 sm uzoqlikda oʻtirish lozim. Nigoh liniyasi va ekran joylashuvi oʻrtasidagi masofa 20-30sm boʻlishi kerak. Ekranga qarayotganda koʻz zoʻriqmasligi kerak”, - deydi koʻz shifokori.
Monitorgacha boʻlgan masofaning toʻgʻriligini qanday tekshirish mumkin? “Tirsak qoidasi” bu borada yordam beradi: koʻzlardan ekrangacha boʻlgan masofa oʻrta barmoqning uchidan tirsagigacha boʻlgan masofaga teng boʻlishi kerak.
"Shuningdek, Amerika optometristlar assotsiatsiyasi tomonidan tavsiya etilgan 20-20-20 qoidasi ham bor. Har 20 daqiqada 20 soniya davomida 20 fut (6 m) masofa uzoqlikka qarash kerak. Shunchaki derazadan tashqariga qarash yoki sayr qilish ham bu mashqning oʻrnini bosadi”, - deydi Voroshilova.
Toʻgʻri oʻtirish juda muhim: pastki oyoq va son bir-biriga toʻgʻri burchak ostida joylashgan boʻlishi kerak, tirsaklar stolda, orqa tekis boʻlishi kerak. Kun mobaynida bir necha marta tananing holatini oʻzgartirib turish lozim.

Koʻzlar uchun gimnastika

“Koʻzlar uchun gimnastika uzoqdan yaqinlikka yoki yaqinlikdan uzoqqa qarashga asoslangan. Uzoq masofaga qarashda koʻzning akkomodativ mushaklari boʻshashadi, yaqindan qaraganimizda u zoʻriqish hosil qiladi. Koʻp vaqt davomida faqat yaqin masofaga qarash akkomodativ mushaklarning zoʻriqishiga olib keladi”, - deydi mutaxassis.
Shifokorning soʻzlariga koʻra, kichik astigmatizm, uzoqni yoki yaqinni koʻra olmaslik koʻzning funktsional qobiliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bu tez charchash va koʻrish qobiliyatining tez fursatda buzilishiga olib keladi.
Yangiliklar lentasi
0