O‘zbek-qirg‘iz chegarasida yangi bojxona terminali ochildi

© GTK UzbekistanaNa uzbeksko-kirgizskoy granitse otkrilsya noviy tamojenniy terminal
Na uzbeksko-kirgizskoy granitse otkrilsya noviy tamojenniy terminal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2022
Obuna bo‘lish
Xususiy investor tomonidan qurilgan yangi bojxona terminali 6 gektar maydonga teng bo‘lib, 300 ta yuk avtomobil o‘rinli turargohiga, 3000 m2 bojxona omboriga ega.
TOShKENT, 18mar — Sputnik. Andijonda “Do‘stlik” chegara bojxona postiga tutash hududda yangi bojxona terminali ochildi. Bu haqida Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.
Bu yerda bojxona, bank, logistika, tezkor-laboratoriya, fitosanitar, veterinar, sanitar-epidemiologik, ekologik, muvofiqlikni baholash va boshqa xizmatlar “Yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatiladi.
© GTK UzbekistanaNa uzbeksko-kirgizskoy granitse otkrilsya noviy tamojenniy terminal
Na uzbeksko-kirgizskoy granitse otkrilsya noviy tamojenniy terminal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2022
Na uzbeksko-kirgizskoy granitse otkrilsya noviy tamojenniy terminal
“Garchi, bojxona yuk deklaratsiyalari elektron tarzda rasmiylashtirilayotgan bo‘lsa-da, ammo bojxona ko‘rigi uchun tadbirkorlar bu yerdan 50-60 km. masofadagi tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga murojaat qilishar edi. Endi esa bojxona terminali hududida 13 ta shtat birligidan iborat bojxona punkti ham tashkil etildi hamda bugundan tadbirkorlarga to‘laqonli va tunu-kun xizmat ko‘rsatishni boshlaydi”, deyiladi xabarda.
Mazkur bojxona terminali ishga tushishi natijasida
Tadbirkorlarning rasmiylashtiruv va sertifikatlashtirish uchun sarflanadigan vaqt va harajatlari qisqaradi
Tirbandliklar bartaraf etiladi
Bojxona qonunbuzarlik holatlari oldi olinadi
Chegaradosh hududdagi 30 dan ortiq aholi doimiy ish bilan ta’minlanadi
Ma’lumot uchun, bojxona terminali maydoni 6 gektarga teng bo‘lib, 300 o‘rinli yuk avtomobillari turargohiga, 3000 m2 bojxona ombori, rasmiylashtiruv zali, davlat nazorati organlari uchun xizmat xonalari, savdo do‘konlari hamda boshqa bino va inshootlarga ega.
Bundan tashqari, avtotransportlarni ko‘rikdan o‘tkazadigan mobil rentgen qurilmasi, avtotarozi, avtomobillar raqamini aniqlash va videokuzatuv tizimlari, zamonaviy kompyuter texnikalari va boshqa qurilmalar bilan jihozlandi.
Yangi bojxona terminali xorijiy investor tomonidan kurilgan.
© GTK UzbekistanaNa uzbeksko-kirgizskoy granitse otkrilsya noviy tamojenniy terminal
Na uzbeksko-kirgizskoy granitse otkrilsya noviy tamojenniy terminal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2022
Na uzbeksko-kirgizskoy granitse otkrilsya noviy tamojenniy terminal
Yangiliklar lentasi
0