Kolumnistlar

Putin Yevropa magʻlubiyatini qayd etdi

© Sputnik / Sergey GuneyevPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Putinning Rossiya hududlari rahbarlari bilan majlisdagi nutqi kutilmaganda Gʻarb OAVlarida keng tarqalib turlicha talqin qilindi. Quyida RIA Novosti kolumnisti izohi bilan tanishing.
16-mart kuni Rossiya Federatsiyasining yuqori mansabdor shaxslari bilan oʻtkazilgan ichki siyosiy tadbir - yaʼni hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlariga bagʻishlangan yigʻilish kutilmaganda jahon ommaviy axborot vositalarining kun tartibidagi xitga aylandi.
Bunga prezident Putinning nutqi sabab boʻldi. Prezident nutqini axborot agentliklari tomonidan efirga uzatildi, gazetalarda qayta-qayta yoritildi, hatto dushmanning YouTube platformasiga qoʻyildi. Butun dunyo odamlari uni internet-tarjimonlar yordamida tingladi.
Gʻozir Rossiya shu qadar kuchli axborot hujumi ostida yashamoqdaki, barcha Gʻarb OAVlari bizga yopishib olganidan, baʼzida bu qamaldan boshqa hech narsa yoʻqdek tuyuladi. Biroq, aslida unday emas. Butun dunyoda milliardlab insonlarga oldindan aniq boʻlganki, nufuzli anglo-sakson OAVlari qoʻlidan kelganicha yolgʻon gapiradi.
Ukraina misolida, bu yolgʻon koʻlami hatto koʻp narsalarga oʻrganib qolgan Gʻarb aholisini ham hayratda qoldirmoqda. Ular ham haqiqatni qidirishyapti.
Rossiya prezidenting nutqini sinchiklab oʻrganishdan Gʻarb isteblishmentining ham oʻziga xos manfaatlari bor. Bugungi kunda Rossiya ularning siyosiy, moliyaviy, sanktsiyaviy xullas, umumiy urushi uchun haqiqiy poligon. Strategiyalarning qanday ishlayotganini va umuman ishlayaptimi yoki yoʻqligini tekshirish kerakku.
Mana Britaniyaning Financial Times gazetasi “Rossiyaning Gʻarb tomonidan jazolanishini”ning – (yaʼni bizning oʻz pullarimizni oʻgʻirlashni ular shunday ataydi) ogʻir oqibatlaridan nashʼa tortib Putindan “hozirgi inqiroz Rossiya iqtisodiyotida oson boʻlmagan chuqur tarkibiy oʻzgarishlar hamda vaqtinchalik inflyatsiya va ishsizlik oʻsishiga olib keladi" deya iqtiboslar keltirgan.
Ushbu taxminni diplomatimiz tomonidan mogʻorli pishloqqa qiyoslangan Bloomberg agentligi ham mamnuniyat bilan tilga oldi. Ammo har ikkala nashr ham Rossiya prezidentning mamlakat Gʻarbdan mustaqillikka erishish orqaligina gʻalaba qozonadi, degan ishonchini taʼkidlab oʻtishga majbur.
Gʻarbning iqtisodiy blitskrigi (tezkor hujumi) haqiqatda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Buni Gʻarb OAVlari ham tan oldi. Biroq bu maydonda uzoq vaqt oʻynab boʻlmaydi, chunki aynan Gʻarbning oʻzi iqtisodiyotimizga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan dastaklarini uzib qoʻygan.
Tabiiyki, Putin defoltni aslida sanktsiya kiritgan mamlakatlarning oʻzi boshidan kechirayotgani, dollar esa - zahira valyutasi boʻla olmasligi va istalgan paytida shunchali oʻgʻirlab olish mumkin boʻlgan "birinchi darajali aktivlar" oʻz obroʻyini butunlay yoʻqotgani haqidagi soʻzlarini Gʻarb eʼlon qilishga jurʼat eta olmaydi.
Gʻarb davlatlarining siyosat va iqtisoddagi hukmronligiga barham berilganligi haqidagi soʻzlar ham u yerda ogʻiz ochib boʻlmaydigan mavzusiga aylandi. Shuningdek Rossiya prezidentining Gʻarb mamlakatlari fuqarolariga qilgan murojaatlarini ham.
“Sizlar hozir boshdan kechirayotgan qiyinchiliklar - Rossiyaning dushmanlik harakatining natijasi deyishmoqda va rus "tahdidiga" qarshi kurashni oʻz xamyoningizdan toʻlash kerakliliga qatʼiy ishontirishmoqda. Aslida bularning barchasi yolgʻon. Haqiqat shundaki, hozir Gʻarbda millionlab insonlar duch kelayotgan muammolar - u yerdagi hukmron elitalarning koʻp yillik harakatlari, xatolari, uzoqni koʻra olmasligi va ambitsiyalari oqibatidir”, - degan edi Rossiya prezidenti. Xoʻsh, ushbu soʻzlarni Gʻarbda chop etish mumkinmi?
Ammo barcha Gʻarb OAVlari asosiy eʼtiborni “Mayami va Frantsiyaning Rivyera shahridagi villalar”, “xoinlar va tuban kimsalar”ga qaratgan. Deyarli butun matbuot bu passajni sarlavhalarida keltirib oʻtdi. Albatta, bu uslub oʻquvchilarning yodida qoladi. Lekin nima uchun aynan shu Gʻarbga ishlaydigan xorijiy agentlarimizning ogʻriqli mavzusiga aylandi?
Ular Putinning ommani qashshoqlikka oʻz elitalari olib ketayotgani va dunyoning zaxira valyutalariga ishonchini susaytirayotgani borasida aytgan soʻzlarini yaxshilab oʻylab koʻrishlari kerak edi. Bu aslida Gʻarb davlatlari uchun hayot-mamot masalasidir. Ammo yoʻq, hamma diqqatini "xoinlar va va tuban kimsalar"ga qaratdi. Baʼzilar hatto passajdan parchalarni YouTube da joylashtirdi. Hatto Amerikaning mudofaa boʻyicha Military.com onlayn nashri ham muhokama qildi.

Gap shundaki, bu yerda Putin Gʻarbning magʻlubiyatini haqiqatdan ham belgilab berdi. Gʻarbning uzoq muddatli, oʻn yilliklarga moʻljallangan strategiyasi - yirik va murakkab davlatlarda amerikaparast "oʻrta sinfni" tarbiyalashdan iborat edi. Keyin esa, unga tayanib, nazorat ostidagi hududlarida oʻz siyosatini, davlat toʻntarishlar, maydanlar, fuqarolar urushlari bilan ushlab turish edi.

Ushbu strategiya Yevropada juda yaxshi ishlagan. Amerikaning jazz va kinolariga berilib ketgan frantsuz talabalari de Goll haykalini qanday vayron qilgani yodingizdami? Keyin bu toʻfon kabi Sharqiy Yevropani bosib oʻtdi, deyarli barcha postsovet makonini - Belarussiya bundan mustasno - qayta shakllantirdi. Ammo Rossiyada bu toʻsatdan muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Balki gap mamlakatning geografik va tarixiy qoʻlamida yoki rus xalqining azaliy skeptitsizmi va sogʻlom fikrda ekanligidadir. Qanday boʻlmasin, Amerikaning mamlakatimizga taʼsiri juda yuzaki boʻlib chiqdi.
Albatta, bizning odamlar ham Makdonaldsga borishardi, Gollivud filmlarini tomosha qilishardi. Ammo hozir bularning barchasidan voz kechish deyarli hech kim uchun fojeaga aylangani yoʻq, faqat bir nechta shaharlik devonalarni hisobga olmaganda.
Avval ruslar sovet matbuotini katta shubha bilan, satrlar orasidan nimalardir qidirib oʻqiganlaridek, bugun ham qanchalik quturgan boʻlmasin Gʻarb targʻibotiga xuddi shunday sogʻlom immunitetni namoyon qilmoqda.
Kecha Amerika krossovkalari va rep taklif qiligan Amerika bugun sizdan vataningizni taslim qilishni taklif qilishsa, bu umuman boshqa gap. Rossiyada suverenitetini krossovkaga almashtiradigan ahmoqlar yoʻq.
Gʻarb haqida xomxayollar boʻlgan boʻlsa ham, soʻnggi ikki hafta ichida uning oʻzi xomxayollarni tag-tubigacha yoʻq qildi. Xoʻsh, agar hozir ham fuqarolarimizdan AQSH va Yevropadagi omonat va uy-joylarini tortib olishsa, ularni ishdan, bolalarini maktabdan haydashsa, agar mamlakat ojizlik koʻrsatsa, keyinchi nima qiladi? Ularni qayta turmasliklari uchun yoʻq qilib yuborishmaydimi?
Oʻz tarixida ogʻir damlarni koʻrgan, oʻt va suv azobidan oʻtgan, Gʻarbliklardek boy boʻlmagan bizning oʻqimishli oʻrta sinfimiz koʻp hollarda maqtashga arzimaydigan "beshinchi kolonnani" qoʻllab-quvvatlamaydi. Bugun biz buni hammasini koʻrib turibmiz. Gʻarb esa bu borada qattiq adashdi va hatto bundan buyon nima qilishni bilmay qoldi.
Shu bois, ular Putinning bexavotir soʻzlarini qandaydir “qatagʻon” sifatida qabul qilib, qoʻpol va soddalik bilan bosim oʻtkazishga harakat qilmoqdalar. Mana, “Gʻarb va oligarxlar uchun dahshatli ogohlantirish”, deb olov yoqmoqda Daily Mail. “Putin sotqinlarni izlamoqda”, deb yozadi Kanadaning CBC nashri. “Putin gʻarbparast ruslarga hujum qilmoqda, bu qatagʻonlar yaqinlashayotganidan dalolat beradi”, - deya chiranadi New York Times.
YO Parvardigor. Gap faqat ishtonini yoʻqotib, farovon hayotiga tahdidning birinchi shaʼmasidanoq Rossiyadan qochayotgan alohida gʻarbparast fuqarolar haqida edi. Keyin esa, taxmin qilganimizdek, ular yangi rohat-farogʻat uchun qaytib kelishadi. Ammo oʻshanda ular haqida mamlakatdagi jamoatchilik fikri butunlay boshqacha boʻladi. Jamiyat, oʻ mentaliteti va madaniyatini gʻarbparast "beshinchi kolonnadan" tozalaydi. Bor gap shu.
Aslida, kollektiv Gʻarbning oʻrta sinfni gʻarblashtirish strategiyasi allaqachon muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bu strategiya Xitoyda ish bermagan. Garchi u yerda gʻarb mahsulotlarini yaxshi koʻaradigan, oʻta burjuazlashgan oʻrta sinf boʻlsa ham. Xitoy boylari eng qimmatbaho brendli gʻarb kiyimlari, ayfonlar hamda birjada "oʻynash"ni yaxshi koʻradi. “Jenmin Jibao” bu haqda yozishni yoqtirmasa ham - bu gaplar oʻrta sinf xitoyliklar haqida. Shunday boʻlsa-da xitoyliklar oʻz mamlakatini vayron qilish uchun qoʻzgʻolon koʻtarmaydi. Amerikaliklar buning uchun oʻnlab yilar davomidan Tyananmendan tortib “zontiklar inqilobi”gacha harakat qilgan boʻlsa ham.
Shu sababli ham bugun Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasini Xitoy maʼqullamoqda. Osiyo, Afrika, Janubiy Amerikadagi oʻzigan ishongan davlatlar ham bunga katta qiziqish bilan qaramoqda. Rossiya boshqa xalqlarga Gʻarbning yangi mustamlaka modelidan muvaffaqiyatli qutilish namunasini koʻrsatmoqda.
Bir tomondan, bu Gʻarbga harbiy yoʻl bilan dadil qarshilik koʻrsatish boʻlsa, boshqa tomondan, yangi hayot, yangi iqtisodiy model, yangi dunyo tartibining qurish degani. Aql va mulohaza bilan qurilayotgan yangi tartibda Gʻarb davlatlarining global siyosat va iqtisoddagi "hukmronligi” abadiy tugatilgan boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0