https://oz.sputniknews-uz.com/20220319/ozbekistonda-shakar-narxi-pasaydi-23432539.html
Oʻzbekistonda shakar narxi pasaydi
Oʻzbekistonda shakar narxi pasaydi
Birja savdolariga jami 2 100 tonna shakar qoʻyilgan boʻlib, ulardan barcha hajmi sotildi.
2022-03-19T15:42+0500
2022-03-19T15:42+0500
2022-03-19T15:42+0500
jamiyat
shakar
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1097/90/10979000_0:67:3076:1797_1920x0_80_0_0_f4ddef824c31895003c87e58e0e4d66e.jpg
TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida oʻtkazilgan ochiq birja savdolari natijalariga koʻra shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha kunlik narxi avvalgi savdo kuniga nisbatan mahsulotning bir tonnasi uchun 15%ga pasaygan. Bu haqda “OʻzRTXB” AJ axborot xizmati xabar qildi.Shakar boʻyicha oʻtkazilgan birja savdolarida ishtirok etgan xaridorlarning soni 267 taga yetdi va bu 17 martga nisbatan 32% ga, 1 martga nisbatan uch marotabaga koʻpaydi.OʻzRTXB” AJ axborot xizmatining xabar qilishicha, oʻtgan savdo kunida birja savdolariga jami 2 100 tonna shakar qoʻyilgan boʻlib, ulardan barcha hajmi sotilgan. Bunda, birja savdolari orqali "Xorazm shakar" MCHJ tomonidan 1 200 tonna va "Angren shakar" MCHJ tomonidan 900 tonna shakar sotildi.Shakarning xarid qilishda talab darajasidan kelib chiqqan holda, hududlar oʻrtasida mutanosib taqsimot shakllanmoqda. Nisbatan yetakchilik qilgan hududlarga Toshkent shahri va Toshkent viloyati (30%), Samarqand viloyati (12%), Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari (10% dan), Andijon va Buxoro viloyatlari (8% dan) kirdi.Antimonopoliya qoʻmitasi tomonidan shakarni birja savdolariga kunlik 2 000 tonnadan kam boʻlmagan miqdorda barchaga teng sharoitda 1 tonnalik lotlarda qoʻyilishini hamda bir savdo sessiyasida bir xaridor maksimal 20 tonna shakar sotib olishi koʻrsatmasi berilgan.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1097/90/10979000_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_b46b57107f0c25db4cbd6e104223a5ba.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shakar, oʻzbekiston
Oʻzbekistonda shakar narxi pasaydi
Birja savdolariga jami 2 100 tonna shakar qoʻyilgan boʻlib, ulardan barcha hajmi sotildi.
TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida oʻtkazilgan ochiq birja savdolari natijalariga koʻra shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha kunlik narxi avvalgi savdo kuniga nisbatan mahsulotning bir tonnasi uchun 15%ga pasaygan. Bu haqda “OʻzRTXB” AJ axborot xizmati
xabar qildi. Shakar boʻyicha oʻtkazilgan birja savdolarida ishtirok etgan xaridorlarning soni 267 taga yetdi va bu 17 martga nisbatan 32% ga, 1 martga nisbatan uch marotabaga koʻpaydi.
OʻzRTXB” AJ axborot xizmatining xabar qilishicha, oʻtgan savdo kunida birja savdolariga jami 2 100 tonna shakar qoʻyilgan boʻlib, ulardan barcha hajmi sotilgan. Bunda, birja savdolari orqali "Xorazm shakar" MCHJ tomonidan 1 200 tonna va "Angren shakar" MCHJ tomonidan 900 tonna shakar sotildi.
Shakarning xarid qilishda talab darajasidan kelib chiqqan holda, hududlar oʻrtasida mutanosib taqsimot shakllanmoqda. Nisbatan yetakchilik qilgan hududlarga Toshkent shahri va Toshkent viloyati (30%), Samarqand viloyati (12%), Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari (10% dan), Andijon va Buxoro viloyatlari (8% dan) kirdi.
Antimonopoliya qoʻmitasi tomonidan shakarni birja savdolariga kunlik 2 000 tonnadan kam boʻlmagan miqdorda barchaga teng sharoitda 1 tonnalik lotlarda qoʻyilishini hamda bir savdo sessiyasida bir xaridor maksimal 20 tonna shakar sotib olishi koʻrsatmasi
berilgan.