Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya bilan mojaro hech kimga kerak emas - Pentagon

General Lloyd Djeyms Ostin III - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
AQSH Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashmaydi va bu davlat ustidan parvozlarni taqiqlovchi hudud joriy qilmaydi – Pentagon rahbari.
AQSH Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashmaydi va bu davlat ustidan parvozlarni taqiqlovchi hudud joriy qilmaydi, Rossiya oʻrtasidagi qarama-qarshilik hech kimga kerak emas, dedi Pentagon rahbari Lloyd Ostin.
“Prezident harbiylarimiz Ukrainadagi Rossiyaga qarshi janglarda ishtirok etmasligini haqida aniq aytdi”, - dedi Ostin.
Uning taʼkidlashicha, parvozlar taqiqlangan hududning tashkil etilishi AQShning bevosita ishtirokini anglatadi, chunki u rejimni buzganlarga qarshi chora koʻrishga toʻgʻri keladi.

"Bu biz Rossiyaga qarshilik koʻrsatishimizni anglatar edi, gap ikki yadroviy derjava haqida ketmoqda. Hech kim buni koʻrishni xohlamaydi. Bu mojaroga aralashish", - dedi Ostin.

Uning taʼkidlashicha, AQSH NATO davlatlari hududining "har bir qarichini" himoya qiladi.
24 fevral kuni Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish boʻyicha harbiy operatsiya boshladi. Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlarini nishonga olayotganini aytmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.
Yangiliklar lentasi
0