Siyosat

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov Oʻzbekistonga keladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident Tatarstana Rustam Minnixanov
Prezident Tatarstana Rustam Minnixanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tatariston rahbari Rustam Minnixanov 22-23 mart kunlari Oʻzbekistonga amaliy tashrifi bilan keladi.
TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov 22-23 mart kunlari amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi matbuot kotibi maʼlum qildi.
Tashrif doirasida respublikaning qator vazirlik va idoralarida ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazilishi kutilmoqda.
Shuningdek, Chirchiq kimyo-sanoat texnoparki qurilishiga tamal toshini qoʻyish marosimida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga asosan viloyat hokimligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ va Tatariston administratsiyasi oʻrtasida “Ximgrad” AJ (Tatariston) bilan hamkorlikda imzolangan kelishuvlarga binoan tez orada Toshkent viloyatida “Chirchiq” texnoparki paydo boʻladi.
Texnopark “Olmaliq KMK” aktsiyadorlik jamiyatining nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi va “Maksam-Chirchiq” AJga qarashli 51-sonli metall natriy ishlab chiqarish tsexi hududida jihozlanadi. U umumiy maydoni 31,24 gektar boʻlgan hududda joylashgan boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0