To‘rt yuzdan ortiq bog‘cha va maktab quriladi

© MNONovaya shkola otkrilas v Sergeliyskom rayone Tashkenta - foto
Novaya shkola otkrilas v Sergeliyskom rayone Tashkenta - foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2022
Obuna bo‘lish
2022 yilda 143 ta bog‘cha, 265 ta maktab, 137 ta sog‘liqni saqlash muassasasi quriladi.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. “2022–2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, 2022–2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qurilish, ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq va mahallalar soni bo‘yicha maqsadli parametrlar tasdiqlandi.
Shunga ko‘ra, belgilangan yillarda respublikadagi jami 2 043 qishloq va mahallalarda (jumladan, 2022-yilda 413 tasida) qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Dasturlar doirasida belgilangan yillarda jami 4 057 ta ijtimoiy soha obyektlarini, jumladan, 2022-yilda:
143 ta bog‘cha;
265 ta maktab;
137 ta sog‘liqni saqlash muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash rejalashtirilgan.
Shuningdek:
27 722,5 km ichki yo‘llar (2022 yilda – 5 113,2 km), 18 574,8 km ichimlik suv tizimlari(2022 yilda – 3 881,7 km tarmoq, 432 ta inshoot) yaxshilanadi;
jami 5 962 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari komplekslari, bozorlar (jumladan, 2022-yilda 253 ta mahalla binosi va guzar, 894 ta bozor) quriladi hamda ta’mirlanadi;
5 284,2 km optik tolali aloqa tarmoqlari (2022 yilda – 1 327,1 km) quriladi;
78 ta yangi avtobus yo‘nalishlari (2022 yilda 16 ta) tashkil etiladi.
Ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun 2 trillion so‘m, ichimlik suv ta’minotini yaxshilash uchun 1 trillion so‘m, ijtimoiy soha va boshqa obyektlarni qurish (ta’mirlash) va obodonlashtirishga 1,4 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.
Qarorga ko‘ra, 2023-yildan:
qishloq va mahallalardagi mavjud ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarining haqiqiy holati tasdiqlangan mezonlar asosida baholanib boriladi;
baholash natijalariga ko‘ra eng past ko‘rsatkich qayd etgan va o‘tgan davr mobaynida Dasturlarga kiritilmagan qishloq va mahallalar Dasturlarga birinchi navbatda kiritiladi.
Yangiliklar lentasi
0