Sport

Chusovitina Qohiradagi Jahon kubogida kumush medalni qoʻlga kiritdi

© Foto: NOK UzbekistanaOksana Chusovitina
Oksana Chusovitina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tayanib sakrash dasturida qatnashgan Chusovitina 12.95 ball bilan shohsupadan joy oldi.
TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Misr poytaxti Qohira shahrida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Unda oʻzbekistonlik sportchi Oksana Chusovitina kumush medalga sazovor boʻldi.
Tayanib sakrash dasturida qatnashgan Chusovitina 12.95 ball jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Bellashuvda sloveniyalik Tiaza Kisselef 13.18 ballga loyiq ijro bilan gʻalaba qozondi. Kanadalik Lauri Denomi esa 12.85 ball bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi.
Tayanib sakrash, ayollar:
1.
Tiaza Kisselef (Sloveniya) – 13.18
2.
Oksana Chusovitina (Oʻzbekiston) – 12.95
3.
Lauri Denomi (Kanada) – 12.85
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 46 yoshli Oksana Chusovitina Qatar poytaxti Dohada oʻtgan sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogida tayanib sakrash boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.
Yangiliklar lentasi
0