Endi maktablar va bogʻchalarga ham yuridik xizmat koʻrsatiladi
© unsplash/Scott Grahambumaga ruchka ruki

2022 yil 1 maygacha “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida “call-markaz” tashkil qilinadi.
TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Maktablar va bogʻchalarga ham Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan xizmat koʻrsatiladi. Bu haqda prezident imzolagan yangi qarorda koʻzda tutilgan.
Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 avgustdan bosqichma-bosqich Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tuman darajasidagi quyidagi idoralarga yuridik xizmat koʻrsatadi:
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi;
qishloq xoʻjaligi boʻlimi;
turizm va madaniy meros boʻlimi;
sportni rivojlantirish boʻlimi;
oila va xotin-qizlar boʻlimi;
davlat soliq inspektsiyasi;
aholi bandligiga koʻmaklashish markazi;
davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari;
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
davlat koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.
2022 yil 1 maygacha “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz” tashkil qilinadi.
2022 yil 1 dekabrgacha viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimliklarga Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.