https://oz.sputniknews-uz.com/20220320/ozbekiston-va-rossiya-prezidentlari-bir-birini-qutladilar-23441722.html
Oʻzbekiston va Rossiya prezidentlari bir-birini qutladilar
Oʻzbekiston va Rossiya prezidentlari bir-birini qutladilar
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-biriga tabrik yoʻlladi.
2022-03-20T12:25+0500
2022-03-20T12:25+0500
2022-03-20T12:25+0500
siyosat
oʻzbekiston
rossiya
shavkat mirziyoyev
vladimir putin
tabrik
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0b/14/21444735_0:67:1281:787_1920x0_80_0_0_6e678a656ffa33417b2483a965db4825.jpg
TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-biriga tabrik yoʻlladi.Mirziyoyevning tabrigida yozilishicha, keyingi yillarda birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligini misli koʻrilmagan yuksak strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga erishilgan. Ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik rishtalari yanada mustahkamlangan.Oʻzbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari oʻzaro tabrik almashishdiOʻzaro savdo rekord koʻrsatkichlarga yetgan. Keng koʻlamli sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda. Gumanitar hamkorlik rivojlanmoqda, sogʻliqni saqlash, fan, madaniyat, sanʼat va taʼlim sohalaridagi aloqalar kengaymoqda.Putin oʻz tabrigida oʻtgan oʻn yilliklar mobaynida Rossiya va Oʻzbekiston tomonidan barcha yoʻnalishlarda sermahsul hamkorlik boʻyicha katta tajriba toʻplanganini qayd etgan. MDH, SHHT va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar doirasida konstruktiv sheriklik, mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish yoʻlga qoʻyildi.Rossiya rahbari Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sogʻlik va muvaffaqiyatlar, Oʻzbekistonning barcha fuqarolariga esa farovonlik va ravnaq tilab qolgan.Rossiya va Oʻzbekiston oʻtgan davrda mobaynida qanday yutuqlarlarga erishgani haqidagi maʼlumotlar bilan quyidagi Sputnik infografikasida tanishishingiz mumkin.
oʻzbekiston
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0b/14/21444735_70:0:1209:854_1920x0_80_0_0_1017e1727097f7245a06a05239f53c39.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston, rossiya, shavkat mirziyoyev, vladimir putin, tabrik
Oʻzbekiston va Rossiya prezidentlari bir-birini qutladilar
Bugun, 20 mart kuni, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 30 yil toʻldi.
TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-biriga
tabrik yoʻlladi. Mirziyoyevning tabrigida yozilishicha, keyingi yillarda birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligini misli koʻrilmagan yuksak strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga erishilgan. Ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik rishtalari yanada mustahkamlangan.
Oʻzaro savdo rekord koʻrsatkichlarga yetgan. Keng koʻlamli sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda. Gumanitar hamkorlik rivojlanmoqda, sogʻliqni saqlash, fan, madaniyat, sanʼat va taʼlim sohalaridagi aloqalar kengaymoqda.
“Biz Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi doʻstlik va koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yoʻlida bundan buyon ham izchil rivojlantirish va mustahkamlash niyatidamiz. Sizga mustahkam sogʻlik va davlatchilik faoliyatingizga yangi muvaffaqiyatlar, doʻst Rossiya xalqiga esa farovonlik va ravnaq tilayman”, - deyiladi Oʻzbekiston rahbari maktubida.
Putin oʻz tabrigida oʻtgan oʻn yilliklar mobaynida Rossiya va Oʻzbekiston tomonidan barcha yoʻnalishlarda sermahsul hamkorlik boʻyicha katta tajriba toʻplanganini qayd etgan. MDH, SHHT va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar doirasida konstruktiv sheriklik, mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish yoʻlga qoʻyildi.
“Rossiya-Oʻzbekiston strategik sherikligi va ittifoqchiligini bundan buyon ham har tomonlama mustahkamlashimizga ishonaman. Bu, hech shubhasiz, doʻst xalqlarimizning manfaatlariga javob beradi, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash maqsadlariga mosdir”, - deyilgan Rossiya yetakchisi tabrigida.
Rossiya rahbari Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sogʻlik va muvaffaqiyatlar, Oʻzbekistonning barcha fuqarolariga esa farovonlik va ravnaq tilab qolgan.
Rossiya va Oʻzbekiston oʻtgan davrda mobaynida qanday yutuqlarlarga erishgani haqidagi maʼlumotlar bilan quyidagi Sputnik infografikasida
tanishishingiz mumkin.