Jamiyat

Prezident 75 kishini afv etdi

CC0 / Unsplash / Matthew Ansley / Tyurma. Illyustrativnoye foto
Tyurma. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Navroʻz bayrami arafasida 75 kishi afv etildi. Ulardan 17 nafari ayollar, 15 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.
TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Navroʻz bayrami arafasida jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 75 nafar shaxs afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 4 nafari asosiy jazodan toʻliq ozod etildi, 53 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 2 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.
Shuningdek, 16 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 18 nafarini chet el fuqarolari, 17 nafarini ayol, 15 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 6 nafarini nogironlar hamda 9 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz, 31 yanvar kuni ham Shavkat Mirziyoyev 63 nafar mahkumni avf etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0