Hodisalar

Toshkentdagi qoʻshma korxonada yuzaga kelgan yirik yongʻin sabablari aytildi

© Sputnik / Ilya PitalevPojar na sklade , arxivnoye foto
Pojar na sklade , arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
FVV maʼlumotlariga koʻra, omborxonada yongʻin xavfsizligi talablariga zid ravishda meʼyoridan ortiq yonuvchi motor moyi saqlangani uning katta maydonga tarqalishiga sabab boʻlgan.
TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) "Orient Logistik Center" MCHJ qoʻshma korxonasida yuzaga kelgan yongʻin sabablarini maʼlum qildi.
Korxonaga qarashli omborxonada yuz bergan yongʻin murakkabligi, davomiyligi va maydoni nuqtai nazaridan oʻta jiddiy yongʻin sifatida baholanmoqda. Yongʻin 18 mart kuni taxminan soat 20 larda boshlangan boʻlsa, oradan qariyb yetti soat oʻtib oʻchirilgan.
Birlamchi tahlillarga koʻra, yongʻin omborxonada saqlanmasligi lozim boʻlgan yuk koʻtaruvchi mexanizatsiyalashtirilgan transportning elektr tizimida avariyaviy holat yuzaga kelganidan deb taxmin qilinmoqda.
Omborxonada aralash holda koʻp kantselyariya mahsulotlari, gul qogʻozlar, polietilen oʻram mahsulotlari, quruq efir moddasi, shuningdek, u yerda yongʻin xavfsizligi talablariga zid ravishda meʼyoridan ortiq yonuvchi motor moyi saqlangani uning katta maydonga tarqalishiga sabab boʻlgan.
“Yongʻinning kelib chiqish sabablari asosan tashkilot mutassadilari tomonidan obʼyektda har kunlik yongʻin xavfsizligi rejimini nazorat qilinmagani bilan bogʻliq boʻlgan”, - deyilgan xabarda.
Latviya—Oʻzbekiston qoʻshma korxonasida yuz bergan yongʻinni oʻchirishga yigirmadan ziyod yongʻin-qutqaruv avtotexnikasi, bir dona yongʻin-qutqaruv poyezdi va 6 dona suv tashish avtotexnikalari jalb etilgan.
Yangiliklar lentasi
0