https://oz.sputniknews-uz.com/20220320/umra-ziyoratini-tashkil-etish-qisman-sayyohlik-firmalariga-berilishi-mumkin-23441229.html
Umra ziyoratini tashkil etish qisman sayyohlik firmalariga berilishi mumkin
Umra ziyoratini tashkil etish qisman sayyohlik firmalariga berilishi mumkin
Oʻzbekistonda Umra safarini sayyohlik firmalari orqali ham qisman tashkil etish masalasi koʻrib chiqilyapti. Arabistonda mehmonxona va boshqa turdagi xizmatga talab oshishi Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra tadbirlarining narxi koʻtaril
2022-03-20T12:03+0500
2022-03-20T12:03+0500
2022-03-20T12:03+0500
jamiyat
umra
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/08/01/14681030_0:0:2560:1440_1920x0_80_0_0_c07f82cac3bc8c052beefa0e6753348b.jpg
TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda Umra safarini sayyohlik firmalari orqali ham qisman tashkil etish masalasi koʻrib chiqilyapti. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.Maʼlum qilinishicha, 20 mart kuni Umra-2020 mavsumida safar xarajatlarini toʻliq toʻlagan, lekin pandemiya sababli ziyoratga bora olmagan fuqarolarning oxirgi guruhlari Saudiya Arabistoniga joʻnab ketadi.Shu bilan COVID-19 pandemiyasi sababli ziyoratga bora olmay qolgan 23 ming oʻzbekistonlikni Umra safariga yuborish ishlari toʻliq yakunlanadi.Hozir Ramazon va Shavvol oylarida Umra safarini amalga oshirish bilan bogʻliq tashkiliy va amaliy ishlar jadal surʼatda olib borilmoqda.Xabarda yozilishicha, Arabistonda mehmonxona va boshqa turdagi xizmatga talab oshishi Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra tadbirlarining narxi koʻtarilishiga taʼsir koʻrsatadi.Taʼkidlanishicha, Ramazon oyida xizmat koʻrsatish narxlari oshayotgan boʻlsada, Shavvol oyida (Ramazon oyidan keyin) Umra mavsumining oxirigacha ziyoratchilarning safar xarajatlari uchun amaldagi mavjud qiymat saqlab qolinadi.Eslatib oʻtamiz, joriy yil yanvar oyida 2020 yil toʻlov qilib, qolib ketgan ziyoratchilar qoʻshimcha 4,7 million soʻm toʻlov qilishlariga toʻgʻri kelgan edi. Bu pandemiya Umra xizmatlari koʻrsatishga salbiy taʼsir koʻrsatgani bilan izohlangan edi. Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishda ikki yil avvalgi holatga nisbatan narx-navo koʻtarilgan. Boz ustiga Saudiya Arabistonida 15 foiz qoʻshimcha qiymat soligʻi ham joriy etilgan.Mavzuga oid:
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/08/01/14681030_320:0:2240:1440_1920x0_80_0_0_6367887a4261436abfb1b534eac4d721.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
umra, oʻzbekiston
Umra ziyoratini tashkil etish qisman sayyohlik firmalariga berilishi mumkin
Ramazon oyida Umra ziyoratini yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha hamkor shirkat masʼullari bilan oʻzaro muloqot olib borilmoqda.
TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda Umra safarini sayyohlik firmalari orqali ham qisman tashkil etish masalasi koʻrib chiqilyapti. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati
xabar bermoqda. “Yurtdoshlarimizning Umra ziyoratiga boʻlgan talab va istaklariniinobatga olib, Umra safarini sayyohlik firmalari orqali ham qisman tashkil etish masalasi koʻrib chiqilayotganini maʼlum qilamiz”, - deyilgan xabarda.
Maʼlum qilinishicha, 20 mart kuni Umra-2020 mavsumida safar xarajatlarini toʻliq toʻlagan, lekin pandemiya sababli ziyoratga bora olmagan fuqarolarning oxirgi guruhlari Saudiya Arabistoniga joʻnab ketadi.
Shu bilan COVID-19 pandemiyasi sababli ziyoratga bora olmay qolgan 23 ming oʻzbekistonlikni Umra safariga yuborish ishlari toʻliq yakunlanadi.
Hozir Ramazon va Shavvol oylarida Umra safarini amalga oshirish bilan bogʻliq tashkiliy va amaliy ishlar jadal surʼatda olib borilmoqda.
Xabarda yozilishicha, Arabistonda mehmonxona va boshqa turdagi xizmatga talab oshishi Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra tadbirlarining narxi koʻtarilishiga taʼsir koʻrsatadi.
“Shundan kelib chiqib, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan hamkor shirkat vakillari bilan Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra ziyorati yuzasidan muzokaralar olib borildi va belgilanadigan narx boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishildi”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, Ramazon oyida xizmat koʻrsatish narxlari oshayotgan boʻlsada, Shavvol oyida (Ramazon oyidan keyin) Umra mavsumining oxirigacha ziyoratchilarning safar xarajatlari uchun amaldagi mavjud qiymat saqlab qolinadi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil yanvar oyida 2020 yil toʻlov qilib, qolib ketgan ziyoratchilar qoʻshimcha 4,7 million soʻm toʻlov qilishlariga
toʻgʻri kelgan edi. Bu pandemiya Umra xizmatlari koʻrsatishga salbiy taʼsir koʻrsatgani bilan izohlangan edi. Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishda ikki yil avvalgi holatga nisbatan narx-navo koʻtarilgan. Boz ustiga Saudiya Arabistonida 15 foiz qoʻshimcha qiymat soligʻi ham joriy etilgan.
Mavzuga oid: