Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Bolalar tish emalini qanday asrab qolish mumkin – stomatolog tavsiyasi

© Sputnik / Sergey Krasnouxov / Fotobankka oʻtishV terapevticheskom kabinete detskogo otdeleniya stomatologicheskoy polikliniki
V terapevticheskom kabinete detskogo otdeleniya stomatologicheskoy polikliniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tish emali uchun foydali taomlar tarkibida albatta fosfor, kaltsiy va ftoridlar boʻlishi kerak. Bular qaysi oziq-ovqat tarkibida bor ekani bilan maqolamizda tanishing.
Shirinliklar, meva sharbatlari, gazli ichimliklar, kasha va kisellar bolalar tish emaliga zarar yetkazishi mumkin, deb hisoblaydi bolalar tish doktori Larisa Kiselnikova.
“Tarkibida shakar boʻlgan oziq-ovqatlar tish emaliga ayniqsa koʻproq zarar keltiradi. Shirinliklar ogʻiz boʻshligʻida bakteriyalar koʻpayishiga olib keladi, chunki shakar – kislota ishlab chiqaruvchi bakteariyalar uchun asosiy ozuqa hisoblanadi. Ular tish emali ustida toʻplanib qolishni yaxshi koʻradi. Bu esa qisqa vaqt ichida kariyes paydo boʻlishiga olib keladi”,- deydi mutaxassis.
Kiselnikova aytishiga koʻra, meva sharbatlari, shirin gazli ichimliklar konserva zavodalarida ishlab chiqariladi. Ularning tarkibidaga sharkar va kislotalar ham tish emaliga salbiy taʼsir qiladi.
“Tish emasli uchun zararli boʻlgan taom turlaridan yana biri bu– muss, kisel, kasha kabi tarkibida yopishqoq moddalar koʻp boʻlgan taomlardir. Ular tish emali ustiga mustahkam yopishib olib, ogʻizning oʻzini-oʻzi tozalash funktsiyasini ishini qiyinlashtiradi. Bunday ovaqtdan soʻng albatta ogʻizni maxsus chayish vositalari yoki suv bilan qoʻshimcha ravishda tozalash kerak”, - deydi shifokor.
Tish uchun foydali taomlar tarkibida esa albatta fosfor, kaltsiy va ftoridlar boʻlishi kerak. Bunday oziq-ovqatlarga baliq, koʻkatlar, ismaloq, sut, salat, smetana, rediska, selderey, loʻviya, apelsin va pishloq kiradi.
Undan tashqari tishlar mustahkam boʻlishi uchun baʼzan qattiq meva va sabzavotlar yeb turish kerak. Ular tarkibida vitamindan tashqari qattiq meva-sabzavotlar milklarni massaj qiladi va tishlarda tosh paydo boʻlishini oldini oladi. Toʻgʻri ovqatlanish tishlarni uzoq vaqt davomida sogʻlom boʻlishini taʼminlaydi. Gigiyena qoidalariga doimo amal qilish, oʻz vaqtida stomatolog huzuriga tashrif buyurish – ortiqcha muammolardan saqlaydi ", - dedi tish doktori.
Yangiliklar lentasi
0