Kreml Putin va Zelenskiyning uchrashish imkoniyatiga baho berdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishVid na Kreml
Vid na Kreml - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2022
Obuna bo‘lish
Peskov: ikki prezidentning uchrashuvi haqida gap borishi uchun, avval muzokaralar o‘tkazib, natijalarini muvofiqlashtirmoq darkor.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyning uchrashuvini tashkil etish muzokaralarning ehtimoliy natijalarini muvofiqlashtirishni talab etadi, hozircha tomonlarning bu borada qayd etadigan hech narsasi yo‘q.
Bu haqda Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Ikki prezidentning uchrashuvi haqida gap borishi uchun, avval uyga vazifani bajarish kerak, ya’ni muzokaralar o‘tkazib, natijalarini muvofiqlashtirmoq darkor. Hozircha sezilarli oldinga siljish ta’minlangani yo‘q, - dedi Kreml vakili. – Ular qayd etadigan narsa yo‘q, ular qayd etishi mumkin bo‘lgan kelishuvlar yo‘q”.
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Belarusda uch marta muzokaralar o‘tkazishdi. 13-14 mart kunlari muzokaralar onlayn davom ettirildi. Bundan tashqari, 10-mart kuni Antaliyadagi Diplomatik forum davomida Rossiya va Ukraina TIV rahbarlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kuleba uchrashishdi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0