https://oz.sputniknews-uz.com/20220321/mirziyoev-va-putin-telefon-orqali-suhbatlashdi-23462448.html
Mirziyoyev va Putin telefon orqali suhbatlashdi: yetakchilar nimalarni muhokama qilishdi
Mirziyoyev va Putin telefon orqali suhbatlashdi: yetakchilar nimalarni muhokama qilishdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon suhbati boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.
2022-03-21T16:04+0500
2022-03-21T16:04+0500
2022-03-21T16:20+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
vladimir putin
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1396/34/13963496_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_4afaec22e65a3524aaa86a6c84126bd7.jpg
TOSHKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon suhbati boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.Qayd etilishicha, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, Oʻzbekiston prezidentining 2021 yil noyabrida Rossiyaga tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilingan.Davlat rahbarlari Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati oʻzaro tabrik almashishgan.Ikki mamlakatning strategik sherikligi va ittifoqchiligini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar va boshqa sohalardagi oʻzaro manfaatli aloqalarni kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani taʼkidlangan.Taʼkidlanishicha, turli darajalarda aloqalarni davom ettirishga kelishib olingan.Rossiya 24 fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish va uni millatchilik gʻoyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obʼyektlar va ukrain qoʻshinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1396/34/13963496_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_9d2adb0eba850f40f8882abfc18786e8.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, vladimir putin
Mirziyoyev va Putin telefon orqali suhbatlashdi: yetakchilar nimalarni muhokama qilishdi
16:04 21.03.2022 (yangilandi: 16:20 21.03.2022) Rossiya va Oʻzbekiston rahbarlarining telefon orqali suhbati boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon suhbati boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, Oʻzbekiston prezidentining 2021 yil noyabrida Rossiyaga tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilingan.
Davlat rahbarlari Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati oʻzaro tabrik almashishgan.
Ikki mamlakatning strategik sherikligi va ittifoqchiligini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar va boshqa sohalardagi oʻzaro manfaatli aloqalarni kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani taʼkidlangan.
“Vladimir Putin Donbass respublikalarini himoya qilishga qaratilgan maxsus harbiy operatsiyaning borishi haqida maʼlumot berdi. Oʻzbekiston prezidenti Rossiyaning xatti-harakatlari va pozitsiyasini tushunishini bildirdi”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, turli darajalarda aloqalarni davom ettirishga kelishib olingan.
Rossiya 24 fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish va uni millatchilik gʻoyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obʼyektlar va ukrain qoʻshinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.